X. Toshmamatov, Sh. Toshboyeva «Miqdoriy analiz» fanidan o’quv-uslubiy



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/93
tarix02.01.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#46931
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
miqdoriy analiz

Asosiy xulosalar: Gravimetrik analizda cho’ktirish usuli muhim ahamiyatga 

ega.  Bu  usul  kimyoviy  reaksiya  natijasida  elementni  biror  qiyin  eruvchan  aniq 

tarkibli birikma tarzida cho’ktirib, hosil bo’lgan cho’kma massasini aniq tortishga 

asoslangan.  

 

Gravimetrik  analiz  asosida  modda  tarkibiga  kiruvchi  elementlar  massalari 



nisbatlari doimo bir xilligini ifodalovchi tarkibning doimiylik qonuni va reaksiyada 

ishtirok  etuvchi  elementlar  massalarining  bir-biriga  nisbati  o’zgarmasligini 

ifodalovchi ekvivalentlar qonuni yotadi.  

Kimyoviy  usullardan  tashqari,  fizik-

kimyoviy  analiz  usullari-elektrogravimetriya  va  termogravimetriya  ham  keng 

qo’llaniladi. Elektrogravimetriya usuli aniqlanayotgan elementli modda eritmasini 

elektroliz  qilish  natijasida  elektrod  yuzasida  ajralib  chiqqan  metalning  massasini 

tortishga asoslangan. 

 

Gravimetrik  analiz  nisbatan  aniq  metod,  lekin  uning  qo’llanilishi 



chegaralangan,  chunki  amalda  erimaydigan  anorganik  moddalarning  soni  ko’p 

emas. Cho’ktiriluvchi sifatida organik moddalarning qo’llanila boshlanishi bu eski 

metodning foydalanish ko’lamini ancha kengaytirdi.   

 


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin