Asosiy xulosalar: Hajmiy, ya’ni titrimetrik analizda reaksiyaga
kirishayotgan moddalarning aniq hajmi o’lchanadi va ulardan birining ma’lum
konsentratsiyasi asosida ikkinchisining noma’lum konsentratsiyasi aniqlanadi.
Hajmiy analizning asosiy afzalligi aniqlashlarning tez bajarilishi, ya’ni
reaktivning aniq konsentratsiyali standart ishchi eritmasi yoki titrlangan eritmasi
bilan reaksiyaga sarflangan hajmi aniq o’lchanadi.
Titrimetrik metodning aniqligi gravimetrik metodning aniqlik darajasidan
kamroq bo’lishiga qaramay, uning aniqlik darajasi texnik maqsadlar, shuningdek,
ilmiy maqsadlar uchun yetarlidir.
Dostları ilə paylaş: |