aniqlashga imkon beradi. Lekin kimyoviy metodlar ishlab chiqarishni nazorat
qilishning talablarini ba’zi hollarda qanoatlantirolmaydi. Masalan, tekshirilayotgan
moddalar tarkibidagi ba’zi bir qo’shimchalarni aniqlashda kimyoviy metodlarning
sezgirligi yetarli darajada bo’lmaydi. Bundan tashqari, gravimetrik aniqlashlar
ko’p vaqt talab qilsa, titrimetrik analizlarning qo’llanilishi ham chegarali
hisoblanadi. Shu sababli, hozirgi davrda analizning yangi, sezgirligi yuqori bo’lgan
va tez bajariladigan metodlarini yaratishga e’tibor berilmoqda. Bu jihatdan fizik-
birikma tarzida cho’ktirib, hosil bo’lgan cho’kma massasini aniq tortishga
87
ishtirok etuvchi elementlar massalarining bir-biriga nisbati o’zgarmasligini
ifodalovchi ekvivalentlar qonuni yotadi.
Kimyoviy usullardan tashqari, fizik-
kimyoviy analiz usullari-elektrogravimetriya va termogravimetriya ham keng
qo’llaniladi. Elektrogravimetriya usuli aniqlanayotgan elementli modda eritmasini
elektroliz qilish natijasida elektrod yuzasida ajralib chiqqan metalning massasini
tortishga asoslangan.
Gravimetrik analiz nisbatan aniq metod, lekin uning qo’llanilishi
chegaralangan, chunki amalda erimaydigan anorganik moddalarning soni ko’p
emas. Cho’ktiriluvchi sifatida organik moddalarning qo’llanila boshlanishi bu eski
metodning foydalanish ko’lamini ancha kengaytirdi.
Hajmiy analizning asosiy afzalligi aniqlashlarning tez bajarilishi, ya’ni
reaktivning aniq konsentratsiyali standart ishchi eritmasi yoki titrlangan eritmasi
bilan reaksiyaga sarflangan hajmi aniq o’lchanadi.
Titrimetrik metodning aniqligi gravimetrik metodning aniqlik darajasidan
kamroq bo’lishiga qaramay, uning aniqlik darajasi texnik maqsadlar, shuningdek,
ilmiy maqsadlar uchun yetarlidir.
Dostları ilə paylaş: