- 99 - - 99 - 13. Yarimo‘tkazgichdan elektronlarning tartibli harakati tufayli 1
mA tok o‘tmoqda. Yarimo‘tkazgichdan o‘tayotgan to‘la tok kuchi
nimaga teng (mA)?
A)3 B)1 C)2 D)0,5
14. Quyidagi o‘tkazgichlarning qaysilari ionli o‘tkazuvchanlikka
ega?
A)metall, elekrolit B)metall, gaz
C)gaz, yarimo‘tkazgich D)elektrolit, gaz
15. Agar yarimo‘tkazgich elektronli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lsa,
quyidagi sanab o‘tilgan fikrlardan qaysilari unga tegishli? 1)p – tur;
2)donor aralashmali; 3)akseptor aralashmali; 4)n – tur; 5)kovaklar
asosiy tok tashuvchilar; 6)kovaklar asosiy bo‘lmagan tok
tashuvchilar
A)1; 3; 5 B)2; 4; 6 C)1; 2; 6 D)4; 5; 2
16. Diod qanday vazifani bajaradi?
A)o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilaydi B)tok kuchini oshiradi
C)elektr tebranishlar hosil qiladi D)kushlanishni kuchaytiradi
17. Qarshilikning termik koeffitsienti qanday moddalar uchun
manfiy?
A)dielektriklar B)elektrolitlar, yarimo‘tkazgichlar
C)metallar D)elektrolitlar, metallar
18. Odatda kerakli tipdagi o‘tkazuvchanlik hosil qilish uchun fosfor
(V), rux (II), galliy (III) va surma (V) ishlatiladi. Elektronli (n – tip)
o‘tkazuvchanlik hosil qilish uchun bu elementlardan qaysilarini
aralashma sifatida germaniy (IV) ga kiritish mumkin? Qavs ichida
elementlarning valentliklari ko‘rsatilganligiga e’tibor qiling.
A)rux va surmani B)fosfor va galliyni
C)fosfor va surmani D)hammasini
19. Qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita fotorezistor o‘zgarmas
kuchlanish manbaiga ketma – ket ulandi. Fotorezistorlardan birini
yoritish natijasida zanjirdagi tok kuchi 1,5 marta oshgan bo‘lsa,
uning qarshiligi necha marta kamaygan?
A)1,5 B)2 C)3 D)4,5
20. Qorong‘ulikda qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita fotorezistor
o‘zgarmas kuchlanish manbaiga parallel ulandi. Fotorezistorlardan
birini yoritish natijasida uning qarshiligi 5 marta kamaysa,
zanjirdagi tok kuchi necha marta ortadi?
A)4 B)2 C)1,5 D)3
21. Qorong‘ulikda qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita fotorezistor
o‘zgarmas kuchlanish manbaiga ketma – ket ulandi. Ulardan birini
yoritish natijasida undagi kuchlanishning tushuvi 2 marta kamaygan
bo‘lsa, uning qarshiligi necha marta kamaygan?
A)6 B)3 C)1,5 D)4
22. Qorong‘ulikda qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita fotorezistor
o‘zgarmas tok manbaiga parallel ulandi. Fotorezistorlardan birini
yoritish natijasida uning qarshiligi 3 marta kamaysa, undan
o‘tayotgan tok kuchi necha marta ortishini toping.
A)4 B)2 C)1,5 D)3
23. Qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita termistor o‘zgarmas kuchlanish
manbaiga ketma – ket ulandi. Termistorlardan biri qizdirilganda,
zanjirdagi tok kuchi 1,5 marta ortgan bo‘lsa, uning qarshiligi necha
marta kamayadi?
A)1,5 B)2 C)3 D)4,5
24. Qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita termistor o‘zgarmas kuchlanish
manbaiga ketma – ket ulandi. Termistorlardan biri sovitilganda,
zanjirdagi tok kuchi 2 marta kamaygan bo‘lsa, uning qarshiligi
necha marta ortgan?
A)4 B)2 C)1,5 D)3
25. Qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita termistor o‘zgarmas kuchlanish
manbaiga parallel ulandi. Termistorlardan biri sovitilganda,
zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kuchi 1,5 marta
kamaygan bo‘lsa, uning qarshiligi necha marta ortgan?
A)6 B)2 C)1,5 D)3
26. Qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita termistor o‘zgarmas kuchlanish
manbaiga ketma – ket ulandi. Termistorlardan birini sovitish
natijasida undagi kuchlanishning tushuvi 1,5 marta ortgan bo‘lsa,
uning qarshiligi necha marta ortgan?
A