Zoologiya, anatomiya va fiziologiya


Virusli gepatitning turlari. Gepatit C kasalligining kelib         chiqish



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#47609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
gepatit c kasalligi va uni oldini olish choralari

Virusli gepatitning turlari. Gepatit C kasalligining kelib         chiqish 

sabablari va uning oqibati 

        Virusli  gepatitlar-odamda  turli  viruslar  chakiradigan,  turlicha 

yukish  mexanizmiga  va  okibatga  ega  bulgan  yukumli  kasalliklar  guruxi 

xisoblanadi.  Ular  tsiklik  kechib,  kasallik  chakiruvchi  viruslar  gepatotrop 

xisoblanadi va klinikasida markaziy urinni jigar zararlanishi egallaydi.     

         

Virusli gepatit qo’zg`atuvchilari sog`lom kishi tanasiga yuqumli suv 

va oziq-ovqat mahsulotlaridan o’tadi. Ichaklardan so’rilgan viruslar qonga 

tushib, asosan jigar to’qimasini zararlaydi, natijada jigar shishadi va ishlab 

chiqarilgan  o’t  dimlanib,  qonga  so’riladi.  Buning  oqibatida  ko’z  oqi 

hamda teri sarg`ayadi. Kasallikning shu belgisiga ko’ra xalqimiz uni sariq 

kasalligi 

deb 


ataydi. 

Virusli  gepatitlarning  5  ta  asosiy  turi  aniqlangan  bo’lib,  A  va  E  turlari 

oshqozon-ichak yo’li bilan, ya`ni, kasallik viruslari ichak yo’llariga og`iz 

orqali tushganda, gepatit  V,  S  hamda  D  turlari qon orqali  yuqadi. Bunda 

jarohatlangan  teri,  shilliq  qavatlar,  masalan,  tibbiy  muolajalar 

(stomatologik,  ginekologik,  jarrohlik  va  boshqalar)  o’tkazilayotganda, 

shuningdek,  jinsiy  aloqa  paytida  yuqishi  mumkin.  Bundan  tashqari, 

gepatit  V  viruslari  onadan  bolaga  homila  rivojlanayotgan  paytda  va 

tug`ish 

jarayonida 

o’tishi 

mumkin. 


Virusli gepatit kasalligini tarqatuvchi asosiy manba bemor odam va virus 

tashuvchi  hisoblanadi.  Kasallik  faqat  odamdan  odamga  yuqadi.  Viruslar 

bemor  qoni  bilan  aylanib  yurib,  turli  a`zolarga  tarqaladi,  siydik  va  najas 

bilan ajraladi. Viruslar sog`lom kishiga bemor yoki virus tashuvchi bilan 

ko’rishganda, u foydalangan buyumlarni ishlatganda yoki suv, oziq-ovqat 

va  boshqalar  orqali  yuqadi.  Sanitariya-gigiena  qoidalariga  rioya 

qilmaganda,  ya`ni  ovqatlanishdan  oldin,  hojatxonaga  kirib  chiqqandan 

keyin qo’lni yuvmaganda, sabzavot va mevalarni yuvmasdan eganda virus 




xazm qilish organlariga tushishi sababli bu kasallikni «iflos qo’l kasalligi» 

ham 


deyishadi. 

Virusli  gepatitning  tarqalishida  pashsha  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Ayniqsa,  pashsha  yoz-kuz  oylarida  havfli  bo’ladi.  Ochiq  hojatxonalarga 

uchib kirib, qorni, oyoqlari va qanotlariga axlatni ilashtiradi va usti ochiq 

qolgan 

oziq-ovqat 

mahsulotlariga  qo’nib,  viruslarni  yuqtiradi. 

Virusli  gepatit  V,  S  qo’zg`atuvchisi  sog`lom  odamlarga  bemor  qoni 

tekkan  igna,  shprits  va  boshqa  tibbiyot  asboblarini  yaxshi  sterilizatsiya 

qilmasdan  ishlatganda  hamda  bemorning  qon  zardobini  sog`lom  odamga 

quyganda  yuqishi ham  mumkin.  Ayrim  hollarda bitta tish shyotkasi  yoki 

soqol  oladigan  asbobdan  foydalanganda  biror  joyni  kesib  olinganda  ham 

kasallik yuqadi. 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin