14
5-sxema
Ma’muriy organlar tizimi davlat boshqaruvida nomarkazlashtirish
natijasida vujudga kelgan. Davlat boshqaruvi organlarining tashqi
boshqaruv, ya’ni jismoniy va yuridik shaxslar bilan o’zaro
munosabatlarda ularga berilgan vakolatlar nodavlat tuzilmalarga
o’tkazilgan. Natijada ma’muriy organlar tizimida nodavlat tashkilotlar
ham o’rin olgan. Nomarkazlashtirish fuqarolik jamiyatining
shakllanishi va rivojlanishi mahsulidir.
Nomarkazlashtirish natijasida endilikda nodavlat tuzilmalar ham
boshqaruv vakolatiga ega bo’ldi. Ular ham jismoniy va yuridik
shaxslar bilan tashqi munosabatga kirishib ularning qonuniy huquq va
manfaatlariga daxldor bo’lgan qarorlar – ma’muriy hujjatlar qabul
qilish vakolatiga ega bo’ldi.
Demak, bugungi kunda davlat boshqaruv organlari jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlariga binoan barcha masalalarni hal etib
bermaydi. Yuqorida ta’kidlangani singari fuqarolik jamiyatida ko’plab
masalalarni hal etish nodavlat tuzilmalariga ularga vakolat berish
orqali olib beriladi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
buning yorqin misolidir. Ya’ni, fuqarolarning kundalik hayotida
“mahalla idorasi” o’z ahamiyatiga ega. Bugun fuqarolik jamiyati
rivojlanishining keyingi bosqichida bunday nodavlat tuzilmalar
Dostları ilə paylaş: