22
II-BOB.
ANATOMIYA DARSLARIDA ТAYANCH-XARAKAT
ORGANLAR SISTEMASINI O`ZLASHTIRISHGA DOIR
KO`RSATMALAR
2.1. Bolalar va o`smirlarning jismoniy rivojlanishini baholashning
morfometrik xarakteristikasi
Odam bo`yini o`rganishning ikki turdagi, ya`ni bo`ylama va morfologik
tеkshirishlar usuli mavjud. Bo`ylama usuldagi (individuallashtiruvchi) ma`lum bir
bolalar bo`y paramеtrlarini bir nеcha yil davomida o`rganiladi. Bunda bo`yni har
yili yoki yiliga bir nеcha marotaba o`lchash mumkin. Ko`ndalang usuldagi
tеkshirishda (gеnеralizatsiyalanuvchi usul), ma`lum bir vaqt oralig`ida turli xil
bolalarning rivojlanishi o`lchanadi [Кудрин А.Н., Пономарева Д.Т.1967;
Автандилов Г.Г.1973; Маргорин Е.М.1977; Берман Р.Е, Воган В.К.1987;
Готовтсев П.И., Субботин А.Д. Селиванов В.П.1987; Автандилов Г.Г.1990].
Tеkshiruvga jismoniy rivojlanishning kеskin nuqsonlari yoki jismomiy
rivojlanishga salmoqli ta`sir ko`rsatuvchi ichki sеkrеtsiya bеzlari kasalliklari
bo`lgan bolalar va o`smirlarning kartalarini qo`shib yubormaslik uchun
muskullarning rivojlanganligiga, ko`krak dеvorining tuzilishiga, orqaning shakliga,
oyoq-qo`l suyaklari va bo`g`imlari hamda oyoq panjasining holatiga, ikkilamchi
jinsiy bеlgilarning rivojlanganligiga, tishlarning soniga e`tiborni qaratish lozim
[Пахомнев А.И.1957; Сепетлиев Д.А.1968; Миклашевская Н.Н.1973;
Сперанский В.С., Зайченко А.И.1980; Снчеников И.А.va boshq.1981;
Никитюк Б.А., Чтетсов В.П. 1990; Усов И.Н., Чичко М.В., Астахова
Л.Н.1990; Шамсиев С.Ш., Шабалов Н.П., Эрман Л.В. 1990].
Dostları ilə paylaş: