37
3- BOB: NAVOY VILOYATINING TURLI HUDUDLARIDA
YASHOVCHI BOLALARNING ANTROPOMETRIK KO`RSATKICHLARI
3.1. Bolalar rivojlanish davrlardagi anatomik-fiziologik xususiyatlari
Bolalik davrida bolaning anatomik-fiziologik xususiyatlari
(3 dan 11 yoshgacha):
Bolaning maktabga ilk o`qishga kеladigan va yangi sharoitlarga o`rganish
davri hisoblanadi. Ushbu davrni bolalik va o`smirlik orasidagi o`ziga xos ko`prik,
dеb hisoblaydilar. 6-7 yoshda bolalarda asosiy jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlari
quyidagicha:
Agar bola uzoq vaqtgacha harakatda faol bo`lmasa, unda mushak tarangligi
ortib boradi, diqqat zaiflashadi, tеz charchaydigan bo`lib qoladi. Bola darslarda
yoki uy vazifalarini bajarishdan ko`ra, boshqa narsalarga ko`p chalg`iydi, notinch
bo`ladi. Shu sababli bolalar darslar orasidagi tanaffuslarda yuguradilar, to`polon
qiladilar. 2-3 darsdan so`ng 45 daqiqa - 1 soat mobaynida ochiq havoda harakatli
o`yinlar va sport mashg`ulotlari o`tkazish tavsiya etiladi. Darslar boshlanishi
oldidan ertalabki badan- tarbiya, dars o`rtasida esa jismoniy tarbiya daqiqasi
o`tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Bu yoshda maktab yoshigacha bo`lgan bolalarga nisbatan, organizmning
tashqi muhit ta'sirlariga chidamliligining bir muncha yuqoriligi qayd etiladi.
Dostları ilə paylaş: