3.2. Navoiy sanoat ishlab chiqarish korxona hududlari atrofida yashovchi
bolalarning antropometrik ko`rsatkichlari.
Navoiy sanoat ishlab chiqarish korxonalar hududida yashovchi
I-bolalik davr qiz bolalarning antropometrik ko`rsatgkichlari
Yangi tug`ilgan (qiz) chaqaloqlarning bo`y uzunligi 46,0 smdan 56,0
smgacha, o`rtacha-50,2 smga teng. Tana o`g`irligi 2700g dan 4000g gacha,
o`rtacha-3348g ga teng. Bosh aylanasining o`lchami 34,0 smdan 36,0 smgacha,
o`rtacha-35,0 smga teng. Ko`krak aylanasi o`lchamlari 32,0 sm dan 34,0 sm gacha,
o`rtacha-33,0 smga teng.
Navoiy sanoat ishlab chiqarish korxonalar hududida yashovchi I-bolalik
davr qiz bolalarning bo`y o`lchamlari 102,0 smdan 117,0 smgacha. o`rtacha –
107,2±19,5 smga teng. Bu yoshdagi qiz bolalarning tana og`irligi 15,5 kgdan 21,0
kg gacha, o`rtacha–17,7±0,47 kgga teng. Bosh aylanasi o`lchamlari 48,0 smdan
60,0 smgacha, o`rtacha-51,1±1,0 smga teng. Ko`krak aylanasi o`lchamlari 52,0
smdan 59,0 smgacha, o`rtacha–54,8±1,6 smga teng (ilova-5).
Ushbu hududda yashovchi I-bolalik davr qiz bolalarning chaqaloqlarga
nisbatan bo`y o`lchamlari 2,1 marta, o`g`irligi 5,5 marta, bosh aylanasi 1,4 marta
va ko`krak aylanasi 1,6 martaga oshganligi kuzatildi.
Sanoat ishlab chiqarish korxonalar hududida yashovchi qiz bolalarning
antropometrik ko`rsatgichlardagi o`sish tezligi o`spirin davrida kuzatilib: bo`y
uzunligi 53,2%, og`irligi 80,0%, bosh aylanasi 31,5%, ko`krak aylanasi uzunligi
41
39,8% ga teng.
Ushbu guruh bolalarning harakat tayanch a`zosining anatomo-fiziologik
holati tekshirilganda bittasida (L.Muzaffarova) yassi oyoqlik kuzatilgan bo`lsa,
ikkitasida (G. Toshtemirova, S.Madatova) skolioz (umurtqaning patologik
qiyshayishi) aniqlandi.
Shunday qilib, bu guruh qiz bolalarning kasallanish darajasi 23,1% ga teng.
Dostları ilə paylaş: |