Navoiy viloyati paxta ekish zonalari atrofida yashovchi
o`spirin qiz bolalarning antropometrik o`lchamlari
Navoiy viloyati paxta ekish zonalari atrofida yashovchi o`spirin qiz
bolalarning bo`y o`lchamlari 121,0 sm dan 157,0 sm gacha, o`rtacha – 144,1±2,2
smga teng. Og`irligi 27,0 kg dan 41,0 kg gacha, o`rtacha – 33,8±0,8 kg ga teng.
Bosh aylanasi o`lchamlari 51,0 sm dan 58,0 sm gacha, o`rtacha – 54,4±0,4 smga
teng. Ko`krak aylanasi o`lchamlari 53,0 sm dan 70,0 sm gacha, o`rtacha – 61,8±1,0
smga teng (ilova-17).
O`spirin qiz bolalarning chaqaloqlarga nisbatan bo`y o`lchamlari 2,9 marta,
o`g`irligi 10,6 marta, bosh aylanasi 1,6 marta va ko`krak aylanasi 1,9 martaga
oshganligi kuzatildi.
Navoiy viloyati paxta ekish zonalari atrofida yashovchi o`spirin qiz
bolalarning II-bolalikga nisbatan o`sish tezligi: bo`y uzunligi 20,7%, og`irligi
38,4% bo`lsa, bosh aylanasi 2,8% ga, ko`krak aylanasi 10,5% ga oshgan.
Ushbu guruh bolalarning harakat-tayanch a`zosining anatomo-fiziologik
holati tekshirilganda bittasida (S.Usmonova) yassi oyoqlik, ikkitasi (U.Hasanova
va S.Xushvaqtova) o`ng skolioz kuzatildi. Ularning kasallik varaqasini
tekshirganimizda uchtasi (O.Nematova, P.Po`latova va A.Raximova) allergiya
bilan kasallanganligi kuzatildi.
Paxta ekish zonalari atrofida yashovchi o`spirin qiz bolalarning kasallanish
darajasi 28,6% ga teng.
Dostları ilə paylaş: |