Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida inson resurslarini
boshqarishning tutgan o‘rni va ahamiyati.
Reja:
1.1.Modernizatsiyalash sharoitida inson resurslarini boshqarish ahamiyatining o‘sishi.
1.2.Inson resurslarini
boshqarish xususiyatlari, boshqarish bosqichlari.
1.3.Inson resurslsrihi boshqarishning etti asosiy ko‘rinishi
Mamlakatimiz yildan-yilga jahon hamjamiyatida tenglar ichra teng bo'lib,
taraqqiyotning o'zi tanlagan yo'lidan asosiy maqsadimiz – inson manfaatlari,
huquqi va erkinliklari yuksak qadriyat hisoblanuvchi, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor
iktisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini
shakllantirish va taraqqiy ettirish sari dadil odimlar bilan rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o'rtasidagi mutanosiblikning
kuchayishi hamda barqaror o'sish sur'atlarining ta'minlanishi natijasida aholi
daromadlarining oshishi, turmush darajasining sezilarli ravishda o'sishi ertangi
kunga bo'lgan ishonchning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo'lga kiritilayotgan yuksak
natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish
faoliyatlarining yo'lga qo'yilishi, buning ta'sirida mamlakatimiz iqtisodiy
salohiyatining ahamiyatli darajada kengayib borayotganligi, yaratilayotgan
mahsulot
va
ko'rsatilayotgan
xizmatlar
turlarining
ko'payib,
sifatining
takomillashib borishi, bir so'z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha
mazmun va sifatga ega bo'lib borishida mustaqil taraqqiyot yo'lining to'g’ri
tanlanganligi, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning har tomonlama
asoslanganligi hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy
omillar sifatida xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bilimdon va ishbilarmon xodimlarni
shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir. Hozirgi
kunda mamlakatimizda kadrlarni boshqarish dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi. Bu borada hukumatimiz tomonidan bir qator me’yoriy qonun hujjat-
lari qabul qilingan. Shulardan «Ta’lim to‘g‘risida»
1
gi, Qonun, “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”, «Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadr malakasini oshirish va
tajriba almashuv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni
kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Respubdika ishlab chiqarish korxonalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash
bilan bir qatorda, mavjud personalni boshqarish tizimi va kadrlar menejmenti
takomillashtirilish davom ettirilishni taqozo etmoqda. Bu esa, hozirgi bozor iqtisodiyoti
sharoitida yanada dolzarb masalaga aylanmoqda.
Jаmiyatning rivоjlаnish dаrаjаsi ko’p hоllаrdа mаmlаkаtdа mаvjud аhоlining
sоni vа tаrkibi bilаn аniqlаnаdi. Mаmlаkаt аhоlisining fаоl qismi mеhnаt qilishgа,
mаhsulоt ishlаb chiqаrishgа, хizmаt ko’rsаtishgа o’z kuchini, bilimi vа mаlаkаsini
sаrflаydi. Аhоlining fаоl qismi mеhnаtgа lаyoqаtli vа mеhnаtgа yarоqli аhоlidаn
tаshkil tоpаdi. Mеhnаtgа lаyoqаtlilik dаvri insоn yoshining bеlgilаngаn
dаrаjаsigаchа bo’lgаn dаvrni, mеhnаtgа yarоqlilik esа аqliy vа jismоniy
qоbiliyatining еtаrlilik dаrаjаsini bildirаdi. Shundаy qilib, аhоlining fаоl qismi
insоn rеsurslаri, dеb аtаlаdi.
Insоn rеsurslаri – bu оdаmlаr, ulаrning mеhnаt аhlоqi vа qo’yilgаn mаqsаdgа
erishishi uchun intilishi, ulаrning bilimlаri vа qаdriyatlаri tizimi, ijоdiy vа
nоvаtоrlik qоbiliyatlаridir. Huddi shu оmillаr mаmlаkаtdа iqtisоdiy o’sishni,
fаrоvоnlik vа hаvfsizlikni tа’minlаsh imkоnini bеrаdi. Mеhnаt sоhаsi, ish bilаn
bаndlik shаrоitlаri vа mеhnаt munоsаbаtlаri tizimidаgi chuqur qаytа o’zgаrishlаr
bеlgilоvchi rоl o’ynаb, ulаrsiz ijtimоiy yo’nаltirilgаn iqtisоdiyotning аsоsiy
mаqsаdi sifаtidа insоngа qаrаtа hаqiqiy burilishni аmаlgа оshirib bo’lmаydi.
Birоq, yuqоridа аytib o’tilgаnlаrdаn mаzkur tushunchа bоzоr iqtisоdiyoti uchun
yarоqsiz, dеgаn хulоsа kеlib chiqmаsligi lоzim. Аksinchа, bоzоr iqtisоdiyotining
rivоjlаnib bоrishi shuni ko’rsаtmоqdаki, insоn rеsurslаri bоzоr kаtеgоriyalаri
tizimigа bаtаmоm singib bоrmоqdа. Insоn rеsurslаri fаqаtginа mеhnаt rеsurslаri
emаs, bаlki ulаr bоshqа – iqtisоdiy fаоl vа nоfаоl аhоli, ish bаlаn bаnd vа ishsiz
O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g’risida»gi qonuni. – T.: O'zbekiston
,1997
аhоli, ishchi kuchi, kаdrlаr kаbi bоshqа kаtеgоriyalаrdа hаm kоnkrеtlаshishi
mumkin.
Zamonaviy korxonalar faoliyatini samarali ta’minlashda mehnat vositalari
bilan birgalikda inson resurslari – xodimlar ham muhim ahamiyatga ega. Aynan
xodimlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga
oshiradilar hamda ishlab chiqarishdan foydalanishni ta’minlaydilar. Xodimlarning
kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning iqtisodiy va ishlab chiqarish
ko‘rsatkichlari shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib
borayotgan davrda «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi»ga muvofiq bir
qator yangi talablar yuzaga kelmoqda. Ular ichida eng muhimlari: ijtimoiy–
psixologik boshqaruv, guruhlarda o‘zaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik
munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish, ishlab chiqarish va ijtimoiy
ixtiloflarni hamda stresslarni boshqarish, kadrlarni boshqarish tizimini axborot
bilan ta’minlash, bandlikni boshqarish, bo‘sh (vakant) lavozimlarga nomzodlarni
baholash va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish, kadrlar marketingi,
xizmat martabasini rejalashtirish va mehnat–huquqiy munosabatlar masalalari,
mehnat ergonomikasi va mehnat estetikasidan iboratdir.
Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y berayotgan o‘zgarish-
lar har bir shaxs uchun, turmushi barqarorligi uchun katta imkoniyatlar tug‘dirish
bilan bir qatorda jiddiy xavf–xatar ham tug‘diradi, amalda har bir kishining
hayotiga ma’lum darajada noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda personalni
boshqarish alohida ahamiyatga ega, chunki u shaxsning tashqi sharoitga moslashish,
tashkilotdagi personalni boshqarish tizimining tuzilishida shaxsiy omilni hisobga olish
masalalarining butun majmuini amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun
ham ma’naviyat va qadriyatlarning ustuvorligiga butunlay yangicha yondashuv-
larni ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Korxona va tashkilot ichidagi asosiy jihat –
xodimdir, tashkilotdan tashqarida esa mahsulot iste’molchilaridir. Ishlovchining
ma’naviy ongini boshliqqa emas, balki tashabbuskorga tomon yuz burish zarur.
O‘zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish
personalni boshqarish tizimining asosiy maqsadini, ya’ni kadrlar bilan ta’min-
lash, ularning samarali ishlashi, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirishni
shakllantirishga imkon beradi. Shunga ko‘ra korxona va tashkilot personalini
boshqarish tizimi shakllantiriladi.
O'zbekistonda aholini ish bilan ta'minlashni yanada yaxshilash va
farovonligini oshirishning eng muhim yo'nalishi sifatida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish va kasanachilik sohalarini qo'llab-quvvatlash va
rivojlantirishni rag’batlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada
rivojlantirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |