Chiroyli strofant — Strophanthus gratus Franch. Bu o'simlik G'arbiy Afrikaning nam tropik o'r-
monlarida o'sadi. Urug'i may- da, tuksiz va qo'ng'ir rangli bo'lib, undan uabain (strofan- tin- G) yurak
glikozidi ajratib olingan. Urug'idagi yurak glikozidlari- ning miqdori 4—8 foiz, strofantin- G ning
glikozidlar yig'indisidagi miqdori 90-95 foiz ga teng. Urug'ida yana 35 foiz yog', alkaloidlar, smola
va boshqa birikmalar bor.
Tarkibida yurak glikozidi bo'ladigan boshqa preparatlar ta'sir kuchini aniqlashda strofantin- G
glikozididan standart glikozid sifatida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |