I.Ob'еktlarni o’rganish:angishvonagul turlari, erizimum va
may marvaridguli .
1.1. O’simlik morfologiyasini o’rganish.
1.2 . Maxsulotning tashqi ko’rinishini o’rganish.
1.3 . Angishvonagul, may marvaridgul va erizimum o’simliklarini mikroskopik tuzilishini
o’rganish.
2. Yurak glikozidi saqlovchi maxsulotlar kimyoviy tahlil qilish.
Laboratoriya ishi
Yurak glikozidi saqlovchi maxsulotlarni kimyoviy tahlil qilish
1.1.Yurak glikozidi saklovchi maxsulotlarga quyidagi sifat rеaksiyalarni bajaring. Rеaksiya ja-
rayoning va olingan natijani tushuntiring.
a) Yurak glikozidining steroid halqasiga – Limberman-Burxard reakciyasi.
Mahsulotdan tayyorlangan quruq qoldiqni 2 ml konc. sirka kislotasida eritiladi va probirkaga
solinadi. Unga 1 ml 1necha tomchi konc. sulfat kislota va 1 ml sirka angidridi solib qizdirilsa, push-
ti qizil rang hosil bo’lib, u tezda zangori ranga o’tadi.
b) Besh a’zoli lakton halqasiga Balуe-Neyman reakciyasi. Quruq qoldiqni spirtda eritilib
probirkaga solinadi. Unga 1 ml pikrin kislotasining to’yingan eritmasi va 0,2 ml natriy ishqorning
5% li suvli eritmasi aralashmasidan solinadi. Natijada to’q sariq rang hosil bo’ladi.
c) Olti a’zoli lakton halqasiga Rozenxeym reakciyasi.
Quruq qoldiqni xloroformni bir necha tomchisida eritilib unga uch xloracetat kislotasining 10% su-
vli eritmasidan 1 ml quyiladi. Bunda pushti rang hosil bo’lib, u tezda ko’k rangga o’tadi.
d) Dezoksisaxaridlarga Keller- Kiliani reakciyasi.
Quruq qoldiqni 3 ml konc. sirka kislotasi solb eritiladi va unga 1 tomchi temir III xloridini 1% er-
itmasidan 1 tomchi solinadi hamda uni probirkadagi tarkibidagi temir III xloridi saqlovchi 3 ml
konc. sulfat kislotasiga quyiladi. Natijada pribirkada ikki hil ranga ega suyuqlik zonalari paydo
bo’ladi: pastki qo’ng’ir yashli va yuqorisi ko’k yashil rangli bo’lib ular tezda ko’k rangga o’tadi.
2.2.
Yurak
glikozidlarini
xromotografiya
usuli
bilan
aniqlang.Xromatografik taxlil natijasini
izohlang.(
5 g maydalangan yurak glikozidi saqlaydigam mahsulotni 150 ml hajmli kolbaga solinadi va
unga 50 ml 70 % etanol solinib, havo sovutkich trubkasi bilan birlashtiriladi va qaynab turgan suv
hammomida 30 minut qizdiriladi. Ekstrakt sovigandan keyin filtrlanadi. Filtratga 3 ml qo’rg’oshin
acetatining 10 % eritmasidan solinadi va hosil bo’lgan cho’kmani filtrlab ajratiladi. Filtratni xloro-
form-etanol (4:1) aralashmasi bilan chayqatiladi va ekstraktni suvsuz sulfat natriy tuzidan
o’tkaziladi. Ekstraktdan erituvchi haydalaniladi va quruq qoldiqni xloroform etanol (1:1) da eritiladi.
Eritma xromatografiya plastinkasining (―Silufol‖) start chizig’ining belgilangan nuqtasiga kapillyar
naycha yordamida joylashtiriladi va xloroform-etanol (3:1) eritmasi bo’lgan xromatografik ko-
lonkaga solinadi. Eritma front chizig’iga ko’tarilganda xromatogramma plastinkasini kolonkadan
olib quritiladi va pulverizator yordamida xromotogramma plastinkasiga pikrat natriy (10% NaOH va
pikrin kislotasining 1% eritmasini 1:9 aralashmasi) eritmasidan sepiladi. Natijada yurak glikozidlari
to’q sariq dog’lar holida ko’rinadi. Bu dog’lar Rf ni hisoblab, ularni guvox sifatida ishlatilgan
oldindan ma’lum bo’lgan yurak glikozidlarini Rf i bilan solishtirib ma’lum bir xulosa chiqariladi.