ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
118
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
Internet va ZiyoNet saytlari
51.
www.ziyonet.uz
52.
www.Lex.uz
.
53.
www.uzpharm-control.uz
54.
www.doridarmon.uz
www.uzpharmsanoat.uz
Ma‟ruza №17
Mavzu: Dermatologiyada ishlatiladigan fitopreparatlar.
17.1.Teri kasalliklarida ishlatiladigan shifobaxsh o„simliklar.
17.2 Bu guruxga kiruvchi qadimdan ishlatib kelinayotgan dorivor o„simliklarning
(moychechak, ittikan,yalpiz,arslonquyruq, tog`rayhon va b.) farmakologik va fitoterapevtik
xarakteristikasi va ularning fitorpreparatlari.
Tayanch so„zlar: moychechak, ittikan,yalpiz,arslonquyruq, tog`rayhon
17.1.Teri kasalliklarida ishlatiladigan shifobaxsh o„simliklar.
17.2 Bu guruxga kiruvchi qadimdan ishlatib kelinayotgan dorivor o„simliklarning
(moychechak,
ittikan,yalpiz,arslonquyruq,
tog`rayhon
va
b.)
farmakologik
va
fitoterapevtik xarakteristikasi va ularning fitorpreparatlari.
ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
Internet va ZiyoNet saytlari
55.
www.ziyonet.uz
56.
www.Lex.uz
.
57.
www.uzpharm-control.uz
58.
www.doridarmon.uz
www.uzpharmsanoat.uz
V. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI
119
-1 Amaliy mashg„ulot:
Fitoterapiya fani ahamiyati va turi.
Mashg
‟ulotning maqsadi: talabalarda Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan
o„zgarishlar – sinergizm, potensiallanishi, antogonizm va ularning turlari. Kompleks
fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy
reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar. Fitoterapiya farmakoterapiyaning bir turi,
uning yaxshi tomonlari, boy tarixi. Ibn Sino, dori vositalarini (fitopreparatlarni) yaratish,
manba‟i, amalda kiritilishi qoidalari haqida ma„lumot berish va amaliy ko„nikmalarni
shakllantirish.
Masalaning qo‟yilishi: Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan o„zgarishlar –
sinergizm, potensiallanishi, antogonizm va ularning turlari. Kompleks fitopreparatlarni
(fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy reaksiyalar
natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar. Fitoterapiya farmakoterapiyaning bir turi, uning
yaxshi tomonlari, boy tarixi. Ibn Sino, dori vositalarini (fitopreparatlarni) yaratish, manba‟i,
amalda kiritilishi qoidalari haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.
Talaba bilishi lozim:
Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan o„zgarishlar – sinergizm,
potensiallanishi,
antogonizm va ularning turlari.
Kompleks fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin
bo„lgan kimyoviy reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar.
Fitoterapiya farmakoterapiyaning bir turi, uning yaxshi tomonlari, boy tarixi.
Ibn Sino, dori vositalarini (fitopreparatlarni) yaratish, manba‟i, amalda kiritilishi
qoidalari
Talaba bajara olishi lozim:
Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan o„zgarishlar – sinergizm,
potensiallanishi,
antogonizm va ularning turlari.
Kompleks fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin
bo„lgan kimyoviy reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar.
Fitoterapiya farmakoterapiyaning bir turi, uning yaxshi tomonlari, boy tarixi.
Ibn Sino, dori vositalarini (fitopreparatlarni) yaratish, manba‟i, amalda kiritilishi
qoidalari
Fanlararo va fan ichidagi bog‟liqlik: Mashg„ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.
Motivatsiya: tibbiyot amaliyotida qo„llaniladigan dori vositalar keng asortimentli bo„lganligi
sababli ularni o„rganish katta ahamiyat kasb etadi.Dori vositalarni o„rganish ularni qabul qilish
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi
Mashg‟ulotning mazmuni: Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan o„zgarishlar –
sinergizm, potensiallanishi, antogonizm va ularning turlari. Kompleks fitopreparatlarni
(fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy reaksiyalar
natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar. Fitoterapiya farmakoterapiyaning bir turi, uning
yaxshi tomonlari, boy tarixi. Ibn Sino, dori vositalarini (fitopreparatlarni) yaratish, manba‟i,
amalda kiritilishi qoidalari haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm
120
Mustaqil bajarish uchun vazifalar:
.“Keys-stadi” metodi
Keys-stadi interaktiv ta‟lim metodi sifatida talabalar tomonidan eng afzal ko„riladigan
metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi
o„qituvchi va talabalarning umumiy intellekua lva kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga
qaratilgan.
Buning sababi sifatida ushbu metod talabalarga tashabbus bildirish, nazariy holatni
o„zlashtirishda hamda amaliy ko„nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo„lish
imkoniyatini berishida ko„rish mumkin. O„z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili)
talabalarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta‟sir o„tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan
“ulg„ayishiga” xizmat qilishi, ta‟lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning
shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o„qituvchining tafakkurturi sifatida,
alohida paradigma ko„rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan‟anaviy tarzda
fikrlash imkoniyatini beradi.
“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
Ish bosqichlari
Faoliyatshaklivamazmuni
1-bosqich: Keys va uning axborot
ta‟minoti bilan tanishtirish
Yakka tartibdagi audio-vizualish;
Keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media
shaklda);
Axborotni umumlashtirish;
Axborot tahlili;
Muammolarni aniqlash
2-bosqich:Keysni aniqlashtirish va
o„quv topshirig„ni belgilash
Individual va guruhda ishlash;
Muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;
Asosiy muammoli vaziyatni belgilash
3-bosqich:Keysdagi
asosiy
muammoni tahlil etish orqali o„quv
topshirig„ining echimini izlash, hal
etish yo„llarini ishlab chiqish
Individual va guruhda ishlash;
muqobil echim yo„llarini ishlab chiqish;
har bir echimning imkoniyatlari va to„siqlarni
tahlil qilish;
muqobil echimlarni tanlash
4-bosqich:Keys echimini echimini
shakllantirish va asoslash, taqdimot.
Yakka va guruhda ishlash;
Muqobil
variantlarni
amalda
qo„llash
imkoniyatlarini asoslash;
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy
aspektlarini yoritish
121
Keys. Pnevmoniya bilan og„rigan bemorni 5 kun davomida etazol bilan 1.0 dan kuniga 6
maxaldan davolandi. Laboratoriyada aniqlandiki, bu bemordagi pnevmoniya qo„zg„atuvchisi
sulfanilamidlarga sezgir. Shunday bo„lsa ham bemorning klinik ahvoli yaxshilanmadi.
Etazolning etarli bo„lmagan ta‟sirining sababini mada va qanday qilib etarli darajadagi ta‟sirga
erishish mumkin?
Talabalarga tavsiya etiladigan material:“Pedagogik talab” va uning mohiyatini yoritishga
oid materiallar.
Keysni bajarish bo„yicha topshiriqlar:
1. Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.
2.Manbalar asosida muammoning echimini toping.
3.Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko„proq dahldor bo„lgan omil (yoki
ikki taomil)ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida echimni asoslashga harakat qiling.
5. Echimni bayoneting.
Muammo
Yechimi
Natijasi
.„SWOT“ – tahlil jadvali.
SWOT
tahlili talabalarga tizimli mushohada qilish, taqqoslash, solishtirish, tahlil,
sintezni amalga oshirish ko‟nikmalarini rivojlantiradi. Talabalar mini guruhlarga birlashishadi,
taqqoslashadi, to‟ldirishadi, o‟zgartirishadi. Umumiy SWOT jadvalga jamlanadi.
SWOT – tahlil nomlanishi ingilizcha bosh harflardan olingan.
Strenghts – kuchli tomoni nazarda tutiladi;
Weakness – kuchsiz tomoni yoki ichki muammolar mavjudligi;
Opportunities –tashqaridagi mavjud imkoniyatlar;
Threats – xavflar, tashqi muhitdagi mavjud xavf-xatarlar
“Nilufar guli” sxemasi
Muammoni hal etish usuli. O‟zida Nilufar guli obrazini mujassam etgan 9ta katta kvadratlar
chiziladi va ularning har biriniichiga kichik 9takvadratchiziladi. Asosiy muammo markaziy
kvadratning markaziga yoziladi. Uni hal qilish g‟oyalari markaziy kvadrat atrofida joylashgan
qolgan 8ta kvadratlarga yoziladi. Juftlarga birlashiladi, o‟z sxemalarini taqqoslaydi va
qo‟shimchalar kiritadi. Umumiy sxemaga joylaydilar. “Nilufar guli” sxemasi tizimli, ijodiy,
tahliliy mushohada qilish ko‟nikmalarini beradi.
Masalan:
“Nilufar guli
S Farmakologik guruh
W Ta‟sirmexanizmi
O Farmakologikta‟sir
T Preparatlar
122
segmenta
r
ishemiya
Tomir
tortish
tutqano
q
metabo
lik
trofik
Tremor
Isteriy
a
Gipoksi
ya
reoksigen
asiya
bulbar
afoniya
falajlar
Gomeo
staz
buzilis
hi
ishemiy
a
ataksiya
xoreya
nevraste
niya
Ruhiy
travma
lar
Giperf
aol
neyron
lar
Notsise
pt
uzilish
Giperk
inez
Nevro
z
Og‟riq
atetoz
epilepsiy
a
Ijtimoiy
omil
Stress
nevro
ma
Algik
sistema
Paraplegi
ya
Refleksla
rning
ezilishi
trofinlar
Trofog
enlar
Chuqur
uyqu
qarilik
Spinal
shok
Distro
fiya
narkoz
spazm
Lokomot
or
tormozsiz
lanish
viruslar
toksinl
ar
Alsgey
mer
Nazariy qism
Fitoterapiya deb, dorivor o„simliklar, ulardan tayyorlangan va olingan preparatlar bilan
bemorlarni davolash to„g„risidagi fanga aytiladi.
Fitoterapiya fani farmakologiyaning ajralmas qismi bo„lgani bois ma‟lumotni
farmakologiya to„g„risidagi tushuncha bilan boshlaymiz.
Farmakologiya yunoncha Pharmacon-dori, logos-ta‟limot, so„zlaridan olingan bo„lib,
dorilar to„g„risidagi ta‟limot, ma‟nosini bildiradi.
Lekin hozirgi farmakologiya faniga bunday umumiy ta‟rif berish mutlaqo kifoya
qilmaydi. Uning tub ma‟nosida aniq maqsad va vazifalar yotadi. Ular asosan quyidagilardan
iborat.
1. Farmakologiya turli kimyoviy birikmalarning, shu jumladan o„simlik moddalarining
ham, inson va jonivorlar organizmiga ta‟sirini, shu tufayli a‟zolar va sistemalar faoliyatida
sodir bo„ladigan o„zgarishlarni o„rgatadi.
123
2. Mazkur o„zgarishlarning kelib chiqish sabablarini, nima bilan bog„liqligi va
izohlanishini yoki, boshqacha aytganda, kimyoviy moddalarning ta‟sir mexanizmini aniqlaydi.
3. Yangi dori moddalarini (fitopreparatlarni ham) izlash, topish, tajribada tekshirib
ko„rish, o„rganish va ularni tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish bilan shug„ullanadi.
4. Dori vositalari bilan bemorlarni davolash va kasallikning oldini olish maqsadida
ularning dozalarini aniqlash, ishlatilish qoidalari, nojo„ya ta‟sirlari va boshqa masalalarni hal
qiladi.
Turli kimyoviy moddalarning, chunonchi dorivor o„simliklardan tayyorlangan va olingan
moddalarning ham, organizm a‟zolari va sistemalari faoliyatiga ta‟siri laboratoriya jonivorlarida
sinab ko„riladi. Shuning uchun ham farmakologiyaning ushbu asosiy yo„nalishi
eksperimental farmakologiya deb yuritiladi.
Farmakologik tekshirishlarning ko„lami juda keng. Ular bir butun organizmga qaratilgan
bo„libgina qolmay, balki to„qima hujayralarini, hujayra ichki muhitini, retseptorlarni,
biokimyoviy va boshqa jarayonlarni o„z ichiga oladi.
Farmakologiya
fani
ushbu
vazifalarni
ilmiy
va
amaliy
tomondan amalga
oshirishda kimyo, biokimyo, farmakognoziya, botanika, biologiya va tibbiyot fanlarining
yutuqlariga tayanadi va ular bilan uzviy bog„langan. Avvalo fiziologiya, patologik fiziologiya
va biokimyo fanlari bilan yaqindan aloqada bo„ladi. Masalan, dorivor o„simliklar va boshqa
kimyoviy moddalarning hayvonlar organizmiga ta‟sirini o„rganishda uning fiziologik faoliyatida
namoyon
bo„ladigan
o„zgarishlarni
aniqlaydi. Patologik
jarayonlarga davolash ta‟sirini aniqlash maqsadida
patologik va
fiziologik uslublardan
(kasalliklarning eksperimental modellari va b.) foydalaniladi. Ushbu va boshqa farmakologik
izlanishlarda biokimyoviy usullar keng miqyosda qo„llaniladi. Farmakologiyaning rivoj topishi,
bir tomondan ushbu fanlar yutuqlariga bog„liq bo„lsa, ikkinchi tomondan, aksincha,
farmakologiyaning rivojlanishi turli fiziologik, patologik va biokimyoviy jarayonlarning kelib
chiqish sabablarini o„rganishga, binobarin, ushbu jarayonlarni farmakologik vositalar yordamida
boshqarishga imkoniyat tug„dirdi.
Shu bilan birga farmakologiya farmatsiya fanlari bilan (farmakognoziya, farmatsevtik
kimyo, dorilar texnologiyasi, biotexnologiyasi) ham yondashadi: masalan, dorivor o„simliklardan
tayyorlangan yoki olingan moddalarning farmakologiyasini tekshirish, dori vositalarining
farmakologik ta‟siri ularning kimyoviy tuzilishiga bog„liqligini va shu tariqa yangi biologik faol
kimyoviy moddalar yaratish va nihoyat ushbu dorilarning shaklini va olinish texnologiyasini
ishlab chiqish shular jumlasidandir.
Turli kimyoviy birikmalarning (fitopreparatlarning ham) organizmga ta‟sirini va ta‟sir
mexanizmini o„rganish farmakodinamika so„zi bilan ifodalanadi. Ularni organizmga kiritish
yo„llari, so„rilishi, oqsillar bilan bog„lanishi, metabolizmga uchrashi, tanada tarqalishi va
yig„ilishi, organizmdan chiqib ketish yo„llarini o„rganish esa farmakokinetika ning vazifasidir.
Dori vositalarining farmakodinamikasi bilan bir qatorda ularning farmakokinetikasi ham katta
ahamiyatga ega, chunki dori vositalarning effekti-samarasi, ta‟siri ularning farmakokinetikasi
bilan uzviy bog„liqdir.
Farmakologiyaga juda yaqin bo„lgan toksikologiya fani odam va jonivorlar organizmiga
turli kimyoviy birikmalar, shu jumladan o„simliklarning zaharli ta‟sirini o„rganadi. Umuman
olganda, ko„pchilik dori vositalari katta miqdorlarda organizm uchun zaharli bo„lishi va,
aksincha, ko„pchilik zaharli moddalar ma‟lum bir dozada organizmga ijobiy ta‟sir etib, foydali
bo„lishi mumkin.
Bemorlarga davo qilishda tibbiyot amaliyotida faqat fitoterapiya bilan chegaralanib
qolmasdan, balki davo qilishning boshqa mavjud usullaridan, shu jumladan sintetik va yarim
sintetik dorilardan, fizioterapiya va boshqalardan foydalanish katta samara berdi. Bu
kasallikning turiga, uning kechishiga, bemorni ahvoliga va boshqa-bir qator omillarga bog„liq.
Shuning uchun fitoterapiyani ma‟lum davo usullaridan ajratib bo„lmaydi va bemorlarga
kompleks davo qilishning usullaridan biri deb qaralishi kerak.
124
Ko„pgina dorivor o„simliklarning shifobaxsh ta‟siri ko„p qirrali bo„lishiga qaramasdan,
bir necha giyohlardan tayyorlangan yig„ma dorilar ancha samarali davo ta‟sirini ko„rsatadi.
Bularga misol qilib hozir tibbiyot amaliyotida keng qo„llanilayotgan marelin, kardiovalen, kafiol,
urolesan, vikair preparatlarini keltirish mumkin.
Dorivor o„simliklardan turli dori shakllari (damlama, qaynatma, tindirma-nastoyka,
ekstraktlar, poroshoklar va boshqalar) tayyorlanadi.
Ularni tayyorlash yoki ulardan yakka xoldagi toza dori moddasini va dori preparatlarini
olish
uchun
qo„llaniladigan
o„simliklarning
ma‟lum
qismlari yoki
shu o„simliklardan birlamchi ishlash yo„li bilan olingan moddalar (efir moyi, moy, daraxt
yelimi va b.) dorivor o„simliklar mahsuloti deb yuritiladi.
Odatda ushbu mahsulotlar biologik faol moddalarni ko„p miqdorda saqlaydi. Dorivor
mahsulot sifatida o„simliklarning yer ustki qismi (bargi, guli, mevasi, urug„i, po„stlog„i, kurtagi,
o„t o„simliklarning butun yer ustki qismi, o„ti) yoki yer ostki qismi (ildizi, ildizpoyasi, piyozi,
tuganagi) bo„lishi mumkin.
O„simliklar tarkibida uchraydigan har xil birikmalar biologik faol moddalar sifatida
bo„lishi mumkin. Ular quyidagilar: alkaloidlar, glikozidlar, vitaminlar, yog„lar, yog„simon
moddalar, kislotalar, kumarinlar, lignanlar, oshlovchi moddalar (tanidlar), polisaxaridlar,
saponinlar, flavonoidlar, efir moylari (terpenoidlar), fitonsidlar va boshqalar. Ushbu moddalar
o„simlikning o„sish-rivojlanish davrining turli vaqtida yilning fasliga qarab ko„p miqdorda
to„planadi, ayni shu vaqtda ular yuqori sifatli xisoblanadi va tayyorlanishi lozim. Shunga
qarab mahsulotlar dorivor o„simliklarning turli davrlarida yig„iladi. Masalan, o„simlikning yer
ustki qismi (o„ti) o„simlik gullaganda, barglari gullash oldidan yoki gullaganda, kurtaklar va
po„stloqlar o„simlik tanasida suyuqlik yura boshlaganda (erta bahorda), yer ostki qismlari esa
odatda o„simlik uyquga kirganda (kech kuzda) yig„iladi.
Dorivor o„simliklarni yig„ishda quyidagilarga rioya qilinishi zarur:
1. Dorivor o„simlik mahsulotlari oldindan mo„ljallangan, ruxsat etilgan yerda va
miqdorda yig„iladi.
2. Ushbu mahsulotlar qabul qilingan qoida bo„yicha quritilishi darkor.
3. Ko„p yillik dorivor o„simliklarning yer ustki qismi tayyorlanayotganda ularning ildizini
qoldirish zarur.
4. Ildiz va ildizpoyani kavlab olishda ildizning bir qismi qoldirilishi shart.
5. O„simlik mahsulotini tayyorlashda yaxshi taraqqiy etgan, gullab turgan o„simlikni
(uning mevasi yetilib urug„larga sochilib ko„payishi uchun) qoldirish zarur.
Ushbu qoidalar hisobga olinsa, dorivor o„simliklarning manbai sira kamaymaydi va ular
abadiy saqlanadi.
Dori vositalarining yaratilishi va tibbiyot amaliyotiga joriy qilinishi
Yuqorida aytilganidek, qadimdan yangi dori moddalarini olish manbai o„simliklar,
jonivorlar va minerallar hisoblangan. XIX asr o„rtalarida esa, kimyo fanining taraqqiyoti tufayli
dorilarni kimyoviy sintez yo„li bilan olishga erishildi.
Keyinchalik immunologiya fanining rivojlanishi va shakllanishi hisobiga shifobaxsh
zardoblar, vaksinalar
tayyorlash, zamburug„lardan
antibiotiklar
olish
texnologiyalari yaratildi. 80-yillardan boshlab esa, biotexnologiyaning izchil rivojlanishi
natijasida aralash birikmalar hamda individual toza preparatlar olish yo„lga qo„yildi.
Hozir yangi yaratilgan dori vositalariga davlat muassasalari tomonidan maxsus
annotatsiyalar
va
ruxsatnomalar tayyorlanadi.
Ularni
O„zbekiston
Respublikasi
sog„liqni saqlash vazirligi qoshida 1992 yilda tashkil topgan Dori vositalari va tibbiy uskunalar
sifatini nazorat qilish boshqarmasi har tomonlama ko„rib chiqadi. Dori preparatining foydali va
ayniqsa zararli xususiyatlari biologik va kimyoviy tekshiruvdan o„tadi. Ushbu tekshirishlar
ijobiy hal etilsa, boshqarma tomonidan dori preparatini tibbiyot amaliyotida qo„llashga ruxsat
beriladi.
125
Umuman yangi dori moddalarini topish, tekshirib ko„rish va ularni tibbiyot amaliyotiga
joriy etish turli fan sohalari mutaxassislarining faoliyati natijasi bo„lib, bu jarayonda
kimyo, farmakologiya va farmatsiya sohalari alohida ahamiyatga molikdir.
Yangi dori vositasini ishlab chiqarishga ruxsatnoma olish o„ziga xos murakkab vazifa
bo„lib, bir necha soha mutaxassislarining ko„p yillik mashaqqatli mehnati samarasi tufayli
amalga oshiriladi.
Diagrammada keltirilganidek, dori moddasini, shu jumladan dorivor o„simliklarni dori
preparati sifatida tibbiyot amaliyotiga joriy qilishda farmakologlar tomonidan laboratoriya
jonivorlari ustida olib boradigan tekshirishlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bilan bir
qatorda bu ishda kimyogar va provizorlar, ayniqsa texnologlar, farmakognostlar, farmatsevtik
kimyogarlarni vazifasi alohida o„rin tutadi. Hozirgi vaqtda yangi dori vositalarini topish va
ishlab chiqarishga joriy etish uchun tayyor ilmiy nazariyalar yaratilmagan. Bunday nazariyalar
kelajakda yaratiladi deb umid qilish mumkin. Dorilarni kimyoviy va fizikaviy xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda, ularning farmakologik ta‟sirini kimyoviy tuzilishi bilan bog„lab o„rganish
asosiy vazifalardan sanaladi.
Ilmiy tadqiqot izlanishlari asosan quyidagi yo„nalishlarda olib boriladi.
Empirik izlanish (empirio-tajriba) - kimyoviy usulda olingan biron-bir moddaning
farmakologik faolligini o„rganish. Birlamchi moddaning qaysi guruhga mansubligini oddiy
usullar yig„indisi majmui yordamida aniqlanadi. Ilmiy adabiyotdagi bu usul saralash skriningi
deb ta‟riflanadi. Maxsus farmakologik yoki farmatsevtik muassasalarda ko„plab dori
preparatlarini
ushbu
usulda
ayrim
farmakologik
ta‟sirlari bo„yicha guruhlarga to„plab o„rganiladi. Ushbu usul "yo„naltirilgan izlanishlar"
usuli
bo„lib,
bunda
preparatning
o„ziga
xos
ahamiyatli
xossalari
ochilmay qolishi mumkin. O„z mohiyati jihatidan bu usul chegaralangan saralash usulidir.
Ko‟proq ishlatiladigan usullardan yana biri "tuzilish modifikatsiyasi"dir. Kimyoviy
laboratoriyalarda mutaxassis dori tuzilishidagi biron-bir radikalni almashtiradi (masalan, metil,
etil yoki propil bilan) yoki dori tarkibiga yangi elementlar kiritiladi (temir, ftor, selen).
Natijada dori moddasida yangi farmakologik xususiyat namoyon bo„ladi. Ushbu usul yordamida
moddaning zaharlilik darajasini kamaytirishga yoki uning tanlab ta‟sir etish xususiyatini
oshishiga erishish mumkin.
Keyinchalik sintez qilish usuli bilan farmakologik xususiyati oldindan mo„ljallangan
dorilarni olishga erishildi. Ushbu usul mavjud preparatlar guruhiga oid yangi dorilarni kashf
etishda katta imkoniyatlarni ochib beradi.
Dostları ilə paylaş: |