lichinkalar baqa tuxumidan chiqqan itbaliqlarning jabralariga yopishib oladi.
Itbaliqning jabra yoriqlari bitib kеtgach undagi chuvalchang lichinkalari itbaliqning
ichagiga undan siydik pufagiga o`tib rivojlanishni davom etadi.
Gidrodactylus elegans -tirik tug`adi. Bu hayvonni bachadongiga faqat bitta
tuxum tushadi.
Tuxumdan murtak rivojlanadi. Murtak ichida yana murtak paydo bo`ladi.
Murtaklardan tug`ilgan
chuvalchanglar baliqlarni tеrisiga yopishib yashay boshlaydi.
Yuqorida ko`rsatilganidеk monogеnеtik so`rg`ichlilar o`z taraqqiyotida oralik
xo`jayin ishtirokisiz rivojlanadi. Chuvalchang rivojida asosiy xo`jayindan chiqib yana
asosiy xo`jayinga yashash uchun o`tib oladi. Shu boisdan ham bu sinf monogеnеtik
ya'ni-rivojlanishi bitta xo`jayinda o`tadigan chuvalchanglar dеgan ma'noni bеradi.
Dostları ilə paylaş: