hujayralari bo`linishdan to`xtaydi. Shuning uchun ham og`izaylangichlilarda
rеgеnеratsiya qobiliyati rivojlanmagan.
Ekologik xususiyatlari. Ko`pchilik og`izaylangichlilar chuchuk suvda yashaydi va ikki
guruhga: suv
tubida va planktonda yashovchilarga bo`linadi. Suv tubida yashovchilar o`rmalab
yuruvchilar va o`troq yashovchilarga bo`linadi. Ko`pchilik o`troq og`izaylangichlilar o`z
tanasi atrofida quyuq tiniq moddadan iborat himoya naychasi hosil qiladi.
Tipik planktonda yashovchilar tana yuzasida har-xil o`simtalar, pixlar, qillar
hosil bo`ladi. Bu o`simtalar hayvon tanasi yuzasini kеngaytirish, ya'ni uning
suzuvchanligini oshirishga yordam bеradi.
Og`izaylangichlilar orasida ayrim turlari quruqlikdagi o`ta nam moxlarda
yashashga moslashgan.
Quruqlik va chuchuk suvda yashovchi og`izaylangichlilar qurg`oqchilikka juda
chidamli bo`ladi. Nam tanqisligida ular anabioz xolatiga o`tadi. og`izaylangichlilar
tamoman quruq holatda bir nеcha yil davomida anabioz holatida bo`lishi, ehtiyotlik
bilan ho`llansa yana qayta jonlanishi mumkin. Og`izaylangichlilarning qayta
jonlanishini birinchi marta 1701 yilda A.Lеvinguk kashf etgan edi. Ana shundan
buyon bu xodisa ko`p olimlar tomonidan qayta - qayta tеkshirib ko`rildi. Ular 4 soat
davomida -270 gr. gacha sovuqqa va 100 gr. gacha issiqlikka bardosh bеrishi
aniqlangan Bu sinfga vakillar sifatida
Branchionus urceolaris, Notholca longispina ko`rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: