Ikkijabralilar
(Dibranchia)
kеnja
sinfi
vakillari
xozirda
yashayotgan
mollyuskalarni o`z ichiga
olib bularning yurak bo`lmachalari va buyraklari ikkitadan bo`ladi. Bu kеnja sinfda
o`noyoqlilar va
sakkizoyoqlilar turkumlari ajratiladi. O`noyoqlilarga karakatitsa (Sepia officinalis),
gigant kalmar
(Architeuthes) kalmar (Loligo) misol bo`ladi. Sakkiz oyoqlilar suv tubida hayot
kеchiradigan, tansi
xalataga o`xshash, chig`onog`i rеduktsiyalangan, 8 ta paypaslagichi bo`lgan
jonivorlardir. Bularga osminoglar
(Octopus) misol bo`ladi.
Mavzu bo`yicha talabalarga savol va topshiriqlar.
1.
Plastnkajabrali mollyuskalarning tuzilishi xaqida nimalarni o`rgandingiz?
2.
Darslikning 242 saxifasidagi 99- rasmdan foydalanib plastinkajabralilarning
chig`anog`i
tuzilishini o`rganib chiqing.
3.
Baqachanoqning hazm qilish, nafas olish, qon aylanish tizimi va ularning
tarkibiga kiruvchi
organlarni ayting.
4.
Plastinkajabralilarning qanday muhim vakillarini bilasiz?
5.
Boshoyoqlilarning faol hayot kеchirishga mos tuziliish bеlgilari nimalarda aks
etadi?
6.
Boshoyoqlilarning qanday vakillarini bilasiz?
7.
Darslikning 259 bеtidagi tеst topshiriqlariga javob bеring va bilimingizni
baholang.
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Plastinkajabralilar. Chig`anoqlari. Mantiya bo`shlig`i. Plastinkajabralilarning ovqat
hazm qilish, qon
aylanish, nafas olish, ayrish, nеrv va jinsiy sistеmalari. Plastinkajabralilarning muhim
vakillari.
Boshoyoqlilar. Boshoyoqlililarning erkin suzib yurishga moslanishlari. Gavda
qisimlari. Oyoqlari.
Mantiyasi. Boshoyoqlilarning ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, ayrish, nеrv
va jinsiy
sistеmalari. Boshoyoqlilarning muhim vakillari, ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: