3 bob. MURAKKAB MA’LUMOTLAR TURLARI 3.2. Yangi ma’lumotlar turlarini kiritish Agar har xil qiymatlarga ega bir nechta nomlangan konstanta kiritish kerak
bo‘lsa sanovchi tipdan foydalanish mumkin:
enum {};
Konstantalar butun bo‘lishi kerak va initsializatsiya qilinishi mumkin, agar
initsializator mavjud bo‘lmasa birinchi konstanta nol qiymat oladi, kolganlari bo‘lsa
oldingisidan birga ortiq bo‘ladi.
Misol uchun:
enum{one=1,two=2,three=3};
Agar son qiymatlari ko‘rsatilmagan bulsa eng chapki so‘zga 0 qiymati berilib
kolganlariga tartib buyicha usuvchi sonlar mos kuyiladi:
Enum{zero,one,two};
Bu misolda avtomatik ravishda konstantalar quyidagi qiymatlarni kabul kiladi:
Zero=0, one=1, two=2;
Konstantalar aralash ko‘rinishda kiritilishi ham mumkin:
Enum(zero,one,for=4,five,seeks}.
Bu misolda avtomatik ravishda konstantalar quyidagi qiymatlarni kabul kiladi:
Zero=0, one=1, for=4;five=5,seeks=6;
Nomlangan sanovchi tip kiritib, shu tipdagi o‘zgaruvchilar, ko‘rsatkichlar va
ilovalardan foydalanish mumkin. Masalan:
enum color (black, green, yellow, blue, red, white);
color col=red;
color* cp=&col;
if (*cp==green) cout<<”yashil”;