Nazorat uchun savollar
1. O‘zgaruvchilarning qanday turlari mavjud?
2. Mantiqiy o‘zgaruvchilar qanday qiymat qabul qiladi?
3. Qanday turlarni o‘zgartirish funksiyalari mavjud?
4. Delphi tilida dastur qanday strukturaga ega?
5. With instruksiyasi dastur tuzishda qanday imkoniyat yaratadi?
6. Yozuv qanday tur?
7. Dasturchi tomonidan kiritiluvchi turlar qanday turlar?
48
5 bob. SINFLAR VA OBYEKTLAR
5.1 Sinflarni ta’riflash. Komponenta funksiyalar. Komponenta
ma’lumotlar
Sintaksis bo‘yicha, C++ da sinf – bu mavjud bo‘lgan tiplar asosida yangi
yaratilgan strukturlangan tip.
Sinf ta’rifi sodda shakli:
{};
bu yerda:
sinf_tipi –class, struct, union xizmatchi so‘zlaridan biri;
sinf_nomi – identifikator;
sinf_komponentlari_ro‘yxati – sinfga tegishli ma’lumotlar va funksiyalar
ta’rifi.
Funksiya – bu obyektlar ustida bajariladigan operatsiyalarni aniqlovchi sinf
usuli.
Ma’lumotlar – bu obyekt strukturasini xosil qiluvchi maydon.
Usullar sinfdan tashqarida aniqlanganda ularning nomlarini kvalifikatsiya qilish
(ixtisoslashtirish) kerak. Usulning ko‘rimlilik soxasini aniqlaydigan uning bunday
kvalifikatsiya sintaksisi quyidagi ko‘rinishga ega:
::
Sinf ichida aniqlangan usullar ko‘zda tutilgan bo‘yicha joylashtiriluvchi (inline)
funksiya hisoblanadi. Sinf tashqarisida aniqlangan usullarni oshkor ravishda
joylashtiriluvchi deb ta’riflanishi lozim.
Sinf obyekti (sinf nusxasi) ni ta’riflash uchun quyidagi konstruksiyadan
foydalaniladi:
;
Obyekt orqali maydonlarga va usullarga quyidagicha murojjat qilish mumkin:
< obyekt_nomi >.
< obyekt_nomi >.
|