90
11 bob. OQIMLI SINFLAR
11.1. Oqimli sinflar iyerarxiyasi
C++da oqimli sinflar bibliotekasi ikkita bazaviy
ios va
streambuf sinflar
asosida tuzilgan. streambuf sinfi kiritish-chiqarish fizik qurilmalari bilan xotirada
joylashgan kiritish-chiqarish buferlarni o‘zaro bo‘g‘lanishini va tashkilini
ta’minlaydi. Streambuf sinfining metodlarini va ma’lumotlarini dasturchi ochiq
ishlatmaydi. Mavjud bo‘lgan sinflar asosida yangi sinflarni yaratishda dasturchiga
ham sinfga murojaat etish ruxat etilgan.
ios sinfi formal kiritish chiqarish va xatolarni tekshirish vositalarga ega. Standart
oqimlar (istream, ostream, iostream) terminal bilan ishlash uchun xizmat qiladi.
Satrli oqimlar (istrstream, ostrstream, strstream) xotirada joylashtirilgan satrli
buferlardan kiritish-chiqarish uchun xizmat qiladi. Faylli oqimlar(ifstream, ofstream,
fstream) fayllar bilan ishlash uchun xizmat qiladi. Oqimli sinflar, ularning metodlari
va ma’lumotlari dasturda murojaat etish ruxsatiga ega bo‘ladi, qachonki unga kerakli
bosh fayl kiritilgan bo‘lsa.
iostream.h – ios, ostream, istream uchun.
strstream.h – strstream, istrstream, ostrstream uchun
fstream.h – fstream, ifstream, ofstream uchun
Quyidagi obyekt-oqimlar dasturda main funksiyasini chaqirish oldidan avvaldan
aniqlangan va ochilgan bo‘ladi:
extern istream cin; //Klaviaturadan kiritish standart oqimi
extern ostream cout; //Ekranga
chiqarish standart oqimi
extern ostream cerr; //Хatolar xaqidagi xabar
chiqarish standart oqimi
Dostları ilə paylaş: