«Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar!» (Hujurot surasi, 6).
O‘ttiz yettinchi gunohi kabira TAHLIL QILISH
Tahlil – uchtaloq qilgan kishiga xotinini halollab berish maqsadida, uning xotinini
nikohiga olib, so‘ng taloq qilish.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam halol
qiluvchini ham, halol qildiruvchini ham la’natladilar» (Termiziy rivoyati).
Imom Termiziy aytadilar: «Ahli ilm nazdida ushbu hadisga amal qilinadi. Umar ibn
Xattob, Usmon ibn Affon, Abdulloh ibn Umarlar shular jumlasidandir. Shuningdek,
fuqaho tobe’inlar ham shu so‘zni aytganlar».
Uqba ibn Omir roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlarga ahmoq ijarachi haqida xabar beraymi?» deb so‘ragan edilar. «Ha, yo
Rasululloh» deyishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «U halol qiluvchidir. Alloh halol
qiluvchini ham, halol qildiruvchini ham la’natlagan», dedilar (Ibn Moja rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan halol