«(Ey Muhammad), siz hargiz: «Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g‘ofil» deb o‘ylamang!» Ya’ni, Alloh zolimlarning qilmishlarini unutib yuboradi, deb o‘ylamang. Zero, Allohning
sunnati (odati) o‘zi shunday – osiylarni ozgina muddat o‘z holiga qo‘yib qo‘yadi-da, so‘ng
izzati va qudratiga xos tarzda tutadi-jazolaydi.
«Faqat Alloh ular(ning jazolari)ni ko‘zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo‘rqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoqda, xolos».
Ya’ni, ularni jazolashni dahshati va shiddatidan ko‘zlar ochilgan ko‘yi qimirlamay
qoladigan qiyomat kuniga kechiktirmoqda.