Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
Zahhok aytadilar: «Alloh taolo bu ummatdan halol-harom qilingan, namoz kabi farz
etilgan narsalarga va boshqa ahdlarga vafo qilishga ahd-paymon olgan. Ahdlar ham
xuddi shu kabi bo‘lib, Alloh farz qilgan muhkam narsalardandir.
Biron bir holatda ham
uni buzishga yo‘l yo‘q».
Muqotil ibn Hayyon aytadilar: «Alloh Qur’onda buyurgan Uning O‘zigagina itoat
etishingiz va qaytargan narsalardan qaytishingiz xususida sizlarning zimmangizga
yuklagan ahdlarga, mushriklar bilan sizlarning orangizdagi ahdlar –
bitimlarga va
insonlar o‘rtasidagi ahdu paymonlarga vafo qilinglar». Vallohu a’lam.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda to‘rt xislat bo‘lsa, haqiqiy
munofiq bo‘ladi. Kimda ulardan bittasi bo‘lsa, to uni tashlamaguniga qadar unda
munofiqlikning bitta xislati bo‘ladi. Ular gapirsa, yolg‘on
gapiradi, ahdlashsa, ahdida
turmaydi va agar bahslashsa, fojirlik qiladi (haddidan oshadi)» (Buxoriy, Muslim
rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida har bir (ahdini buzgan)
xiyonatchini tanitib turadigan bayrog‘i bo‘ladi.
Bu falonchining xiyonati, deyiladi»
(Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Men qiyomat kuni uch
kishining – mening nomimni o‘rtaga qo‘yib (biron narsa) olib, so‘ng xiyonat qilgan
kishining, hur-ozod odamni sotib, so‘ngra pulini yegan kishining
va mardikorni ijaraga
olib, ishlatib, haqini to‘liq bermagan kishining dushmanidirman», dedi» (Buxoriy
rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim itoatdan bo‘yin tovlasa, qiyomat kuni
Allohga yo‘liqqanida uning hech bir hujjati bo‘lmaydi. Kimki bo‘ynida bay’at bo‘lmagan
holda o‘lsa, johiliyat o‘limida o‘libdi» (Muslim rivoyati).
Payg‘ambar alayhicsalom aytdilar: «Kim do‘zaxdan yiroq bo‘lib, jannatga kirishni
yoqtirsa, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan holda o‘ziga berilishini yaxshi ko‘rgan
narsani odamlarga bersin. Kim bir imomga bay’at qilib, unga qo‘lining
bitimini va
qalbining mevasini bersa, agar qodir bo‘lsa, unga itoat etsin. Mabodo boshqasi kelib, u
bilan talashib-tortishsa, o‘sha boshqa kimsaning bo‘yniga uringlar (ya’ni, o‘ldiringlar)»
(Muslim rivoyati).
O‘n ikkinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: