Rivoyat qilinishicha, qiyomat kunida birinchi bo‘lib namozni tark etguvchilarning yuzlari
qorayadi. Jahannamda «Lam-lam» nomli ilonlar darasi bo‘lib, har bir ilonning yo‘g‘onligi
tuyaning bo‘ynidek, uzunligi bir oylik masofaga teng bo‘ladi. Ular namozni tark
etguvchilarni chaqadilar. Uning zahari namozni tark etguvchining jismida yetmish yil
qaynaydi-da, so‘ng uning go‘shtlari erib tushadi.
Hikoyat
Rivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir ayol Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey
Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib qo‘yib, so‘ng bu gunohimdan Alloh taologa
tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul qilib, gunohimni mag‘firat etishini so‘rab duo
qiling», dedi. Muso alayhissalom undan: «Nima gunoh qilding?» deb so‘ragan edi, u: «Ey
Allohning payg‘ambari, men zino qilib, bola tug‘dim-da, so‘ng uni o‘ldirdim», dedi.
Shunda Muso unga: «Chiq bu yerdan, ey fojira! Yana kafosating tufayli osmondan olov
tushib, bizni yondirib yubormasin», dedi.
Ayol payg‘ambar huzuridan qalbi o‘ksigan holda chiqib ketdi. Jabroil alayhissalom
tushib: «Ey Muso, Alloh taolo: «Nima uchun tavba qilgan ayolni qaytarib yubording?
Undan ko‘ra yomonroq kimsa borligini bilmaysanmi?» deyapti», dedi. Muso
alayhissalom: «Ey Jabroil, undan ham yomonroq kimsa kim?» deb so‘ragan edi,
«Namozni qasddan tark etgan kishi», deb javob berdi.
Fasl
Alloh taolo namozni vaqtidan kechiktirib o‘qishdan ogohlantirib aytadi: