«So‘ng, ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosarlar) albatta yomonlikka (ya’ni, yomon jazoga) yo‘liqurlar. Magar tavba qilib, iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslarlar). Bas, ular jannatga kirurlar va ularga biron zulm qilinmas» (Maryam surasi, 59–60).
Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Namozni zoe qilgan degani, uni butunlay tark etgani
degani emas, balki namozni o‘z vaqtidan kechiktirib o‘qigan deganidir», deganlar.
Tobe’inlar imomi Said ibn Musayyab rahmatullohi alayh aytganlarki: «U to asr
bo‘lmaguncha peshinni o‘qimaydi. Asrni shomgacha, shomni xuftongacha, xuftonni
bomdodgacha, bomdodni to quyosh chiqquncha o‘qimaydi».
Shu holatga odatlangan ko‘yi vafot etgan va tavba qilmagan kimsaga Alloh «g‘oyy» bilan
tahdid soldi. Foyy – jahannamdagi juda chuqur, o‘ta badbo‘y vodiydir.