Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
Said ibn Musayyab aytganlar: «Ular «Hayya alas-solah, Hayya alal-falah»ni eshitardilar,
lekin sog‘-salomat bo‘laturib, unga ijobat qilmasdilar».
Ka’bul Ahbor deganlar: «Allohga qasamki, bu oyat faqat jamoatdan ajralib qoladigan
kishilar haqida nozil bo‘lgan».
Jamoat namozini uzrsiz tark etgan kimsaga bundan ko‘ra og‘irroq va qattiqroq tahdid
bo‘lishi mumkinmi?!
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Allohga qasamki, men o‘tin to‘plashni buyurib, so‘ng namoz o‘qishga amr
qilib, unga azon aytilgandan keyin bir kishiga odamlarga imom bo‘lishni aytib, so‘ngra
jamoat namoziga kelmagan kishilarga muxolif bo‘lib, ularning uylariga o‘t qo‘yib
yuborishni xohlardim» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat
qilgan boshqa bir hadisda
shunday deyilgan: «Yigitlarimga bir uyum o‘tin yig‘ishni buyurib, so‘ngra borib hech bir
uzrsiz uylarida namoz o‘qiydigan kishilarning uylarini yoqib yuborishni xohlardim».
Faqat vojib tark etilgani uchun shunchalik tahdid solinmoqda.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam huzurlariga bir ko‘r kishi kelib: «Rasululloh, meni masjidga yetaklab boradigan
kishi yo‘q», dedi va uyida namoz o‘qishga ruxsat berishlarini so‘radi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam unga ruxsat berdilar. U ortiga burilgach, uni chorladilar va:
«Azonni eshitasanmi?» deb so‘radilar. U: «Ha»,
degan edi, «Unga javob ber», dedilar
(Muslim rivoyati).
Amr ibn Ummu Maktum roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men: «Yo Rasululloh,
ko‘zim ojiz, hovlim ham uzoqda. Meni yetaklab keladigan odam yo‘q. Uyimda namoz
o‘qishimga ruxsat berasizmi?» dedim. «Azonni eshitasanmi?» deb so‘radilar. «Ha»,
degan edim, «Senga ruxsat bera olmayman», dedilar» (Abu Dovud, Ibn Huzayma
rivoyati).
Bu ko‘zi ko‘r kishi masjidga kelishi qiyinligidan shikoyat qilyapti. Uni masjidga olib borib
qo‘yadigan kishi ham yo‘q.
Shularga qaramasdan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
unga uyida namoz o‘qishga ruxsat bermadilar. Endi ko‘zi ojiz bo‘lmagan, sog‘lom, hech
bir uzrsiz kishi haqida nima deyish mumkin?!
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kimki azonni eshitsa-yu unga ergashishdan man qiladigan uzri bo‘lmasa,
uning (uyida) o‘qigan namozi qabul qilinmaydi», dedilar «Uzr nima?» deb so‘rashgan
edi, «Xafv yoki kasallik», deya javob berdilar» (Abu Dovud, Ibn Hibbon rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan kunduzlari ro‘za tutadigan, kechalari namoz
o‘qiydigan, biroq jamoatga qo‘shilmaydigan va jamoat bilan namoz o‘qimaydigan kishi
haqida so‘rashganida: «Agar shu holatda o‘lsa, u do‘zaxda», deya javob berganlar.
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytganlar: «Odam
farzandi uchun azonni eshitib, unga
javob bermaslikdan ko‘ra, qulog‘iga eritilgan qo‘rg‘oshin quyilgani yaxshiroq».
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
36
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Masjid qo‘shnisi faqatgina masjidda namoz o‘qish
lozim», dedilar. «Masjid qo‘shnisi kim?» deb so‘rashgan edi, «Azonni eshitadigan kishi»,
deya javob berdilar.
Yana u zot roziyallohu anhudan naql qilinadi: «Kimki azonni eshitsa va biron bir uzrsiz
unga kelmasa, uning namozi boshidan nariga ko‘tarilmaydi».
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar: «Kimki ertaga Allohga musulmon
bo‘lgan holda yo‘liqishni xohlasa, namozlarni azon aytilgan yerda muhofaza qilsin. Zero,
Alloh taolo Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallamga hidoyat yo‘llarini belgilab berdi.
Ular (ya’ni, namozlar) hidoyat yo‘llaridandir. Agar sizlar jamoatdan orqada qoluvchi
kimsaga o‘xshab, uyingizda namoz o‘qisangiz, Payg‘ambaringiz yo‘lini tark etgan
bo‘lasiz. Agar Payg‘ambaringiz yo‘lini
tark etsangiz, zalolatga yuz tutasiz. Darhaqiqat,
men (ilgari) jamoat namozidan faqat munofiqligi ma’lum kimsagina orqada qolganiga
guvoh bo‘lganman. Bir kishini olib kelishardi-da, safda turishi uchun ikki kishi orasiga
turg‘izib qo‘yishardi» (Muslim rivoyati).
Ya’ni, u zaifligidan o‘zini tutolmas va ularga suyanib turardi. U bu ishni jamoat fazilatiga
ishtiyoqli bo‘lgani
va uni tark etsa, gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqqani uchun qilardi.
Ibn Munzir aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir qancha sahobalari:
«Kimda-kim azonni eshitib, hech bir uzrsiz unga javob bermasa, uning namozi namoz
emas», deganlari rivoyat qilingan». Ibn Mas’ud va Abu Muso Ash’ariylar shular
jumlasidandir.
Ato, Ahmad ibn Hanbal va Abu Savrlar jamoatga hozir bo‘lishni farz deb bilishgan.
Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh: «Jamoat namoziga qodir kishi uchun biron-bir uzrsiz
uni tark etishiga ruxsat bermayman», deganlar.
Ibn Ummu Maktum roziyallohu anhu hadisini zikr qilgandan
keyin Xitobiy shunday
degan: «Bu hadisda jamoat namoziga hozir bo‘lish vojibligiga hujjat bor. Agar u mandub
(mustahab) bo‘lganida edi, undan qolishga Ibn Ummu Maktumga o‘xshagan kishilar, zaif
va nochor odamlar haqli bo‘lishardi».
Ato ibn Abu Raboh aytar edilar: «Shaharu qishloqdagi Alloh maxluqotlaridan birontasi
uchun ham, agar azonni eshitsa, namozni o‘qimaslikka ruxsat yo‘q».
Avzoiy aytganlarki: «Juma va jamoatni tark etishga buyursa,
ota-onaga ham itoat
qilinmaydi».
Dostları ilə paylaş: