2. Computer Emergency Response Team Coordination Center (CERT/CC) –
Kompyuterlardagi favqulodda holatlarga tezkor javob berish guruhlari faoliyatini
muvofiqlashtirish markazi: Kompyuter va tarmoq hujumlarni o‘rganish, tizimlarni himoya
qilish usullarini topish va hujumlar haqida asosiy ma’lumotlarni tarqatish maqsadida
AQSH Mudofaa boshqarmasining Ilg‘or ilmiy-tadqiqot mudofaa loyihalari agentligi
tomonidan asos solingan va hozirda Karnegi-Mellon Universitetining Dasturiy injiniring
institutida joylashgan. Markaz veb-saytiga www.cert.org orqali tashrif buyurishingiz.
3. Forum of Incident Response and Security Teams (FIRST) – Insidentlarga
javob qaytarish va xavfsizlik guruhlari forumi: o‘quv muassasalari, boshqarmalari va
tijoratning 100 dan ortiq tashkilotlari a’zo bo‘lgan xavfsizlik bo‘yicha xalqaro tashkilot.
FIRST mahalliy himoyada va xalqaro xavfsizlikda yuz beradigan insidentlarni oldini olish
va ularga tezkor javob qaytarishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Uning veb-
sayti –
www.first.org
.
4. InfraGard: Xususiy sanoat konsorsiumi va AQSH kritik axborot tizimlari
infrastrukturasini himoya qilish maqsadida axborot almashinuvni amalga oshiruvchi
Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan yo‘naltiriladigan AQSH federal boshqarmasi.
InfraGard haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun manba:
www.infragard.net
.
5. Information Security Forum (ISF) – Axborot xavfsizligi forumi: Coopers va
Lybrand tomonidan Evropa xavfsizlik forumi sifatida ishga tushirilgan bu tashkilot xalqaro
faoliyati hisobiga kengaygan va 1992-yilda ISF bo‘lgan. ISF o‘z faoliyatini «amaliy
izlanishlar»ni nashr etish va regional sammitlarda joylash orqali o‘tkazishga yo‘naltiradi.
Siz bu tashkilot haqida ko‘proq ma’lumotni www.securityforum.org saytidan bilib
olishingiz mumkin.
6. Information Systems Security Association (ISSA) – Axborot tizimlari
xavfsizligi uyushmasi: Bu ham kompyuter xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish va ilmiy izlanishlar
olib boradigan xalqaro tashkilot. ISSA Certified Information Systems Security
Professional (CISSP), Systems Security Certified Practitioner (SSCP), and Certified
Information Systems Auditor (CISA) kabi ko‘plab sertifikatsiya dasturlariga homiylik
qilishga yordam beradi. ISSA tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ushbu saytga
murojaat eting:
www.issa.org
.
|