2-BOB. MАTЕRIАL ВА MЕTODLАR
2.1. Mitoxondriyalarni ajratib olish
Mitoxondriyalarni Shneyder usuli bo‗yicha differensial sentrifugalash orqali
150-200 grammli kalamushlar jigaridan ajratib oldik [Schneider, Hogeboom, 1951;
Виноградов и др., 1977]. Kalamush avval harakatsizlantirilib, keyin jigari tanadan
ajratib olindi va muzli ajratish muhitiga solindi. Ajratish muhiti tarkibi
quyidagicha: saxaroza 250 mM, tris-НСI 10 mM, EDTA 1 mM, рН 7,4. Jigarning
massasi aniqlab olingandan so‗ng, mexanik press orqali ezildi va 6 hissa ko‗p
ajratish muhitiga solib teflonli gomogenezator yordamida maydalandi. Birinchi
sentrifugalash SLR-1 sentrifuganing rotoriga 0(1o S haroratda 7 daqiqa davomida
daqiqasiga 1500 aylanish tezligida amalga oshirildi, so‗ngra cho‗kmaga tushgan
yadro va hujayraning boshqa fragmentlari ajratib olindi. Supernatantni 2-marta
daqiqasiga 6000 aylanish tezligida 15 daqiqa davomida sentrifuga rotoriga
qo‗yildi. Cho‗kmani 10:1 nisbatdagi ajratish muhitida suspenziyalandi. Ajratib
olingan mitoxondriya tajriba uchun 40 daqiqa davomida muzli banyada tinim
holatiga qo‗yildi.
Dostları ilə paylaş: |