Savol: Fridmanning monetar maktabi



Yüklə 87,58 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix31.12.2021
ölçüsü87,58 Kb.
#49994
Документ (1)



Variant-20 

Xasanov Komiljon IM-90 

Savol: 

1. Fridmanning monetar maktabi. 

2. Me’yoriy unumdorlik nazariyaning axloqiy tomonlari. 

3. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish hajmining 

o’zgarishi. 

 

Javob: 



1.

 

Fridmanning

 

Monetar maktabi bozor iqtisodiyotini o‘z-o‘zidan 



tartiblanuvch tizim sifatida baholab, uning narx mexanizmining o‘zi 

bandlikning oqilona darajasini belgilab berishini ta’kidlaydilar. Bunday 

tizimga davlat tomonidan har qanday aralashuv bozorning o‘zini-o‘zi 

tartibga solish mexanizmini ishdan chiqaradi. Davlatning pul vositasida 

yalpi talabni rag‘batlantirishi esa pirovardida inflyasiya jarayonlarining 

kuchayishini keltirib chiqaradi. 

Monetaristlar iqtisodiyotda doimo ma’lum darajada ishsizlik mavjud 

bo‘lishini ta’kidlab, uni «ishsizlikning tabiiy me’yori» deb ataydilar. 

Bandlikning bu «tabiiy daraja»dan chetlanishi faqat qisqa muddatli tavsif 

kasb etadi. Agar bandlik darajasi muvozanat darajasidan ortiq bo‘lsa, 

bu inflyatsiyaning jadallashuviga, agar kam bo‘lsa, deflyasiyaning 

jadallashuviga olib keladi. Bandlikni barqarorlashtirish bo‘yicha siyosat 

ishsizlik darajasini uning tabiiy me’yoridan chetlanishiga, ishlab chiqarish 

hajmi va band bo‘lganlar sonining tebranishlariga qarshi kurashga 

yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ishchi kuchi bozorini muvozanatga keltirish 

uchun monetaristlar asosan pul-kredit siyosati dastaklaridan 

foydalanishni tavsiya etadilar. 

2.

 

Marjinalizm (frans. marginal -chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy 

qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar 

tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. 

Dastlab 19-asrning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. 

Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy 



nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-asrning oxirgi choragida 

ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras M.ning 

nazariy asoslarini yaratdilar. 19-asr ning 90-yillaridan M. subʼyektiv-

psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud 

shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha 

iqtisodiy gʻoyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning 

davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. 

Marjinalim meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy 

harajatlar kabi koʻrsatkichlardan foydalanadilar, meʼyoriy naflilik, 

meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy daromadlarning kamayib borishi 

krnunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar, 

iqtisodiymatematik usullarni keng qoʻllaydilar. 

Marjinalim iqtisodiyotni individual xoʻjaliklarning oʻzaro taʼsiri sifatida 

qaraydi, xoʻjalik yurituvchi subʼyektning ishlab chiqarish jarayonidagi 

va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat 

M.ga miqdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq 

etilayotgan omillarning funksional bogʻlanishlarini taxlil etishga 

imkon beradi. 

SSSR davrida Marjinalim markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan 

tanqid ostiga olindi. Faqat maʼmuriybuyruqbozlik iqtisodiyotidan 

bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi tufayli Marjinalizmning asosiy gʻoyalari 

tan olina boshlandi. 

3. 

Korxona ishlab chiqarish hajmini oʻstirish uchun qisqa davrda faqat 



oʻzining oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirishi mumkin. Bu 

qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab 

chiqarish bino va inshoatlar maydoni, mashina va uskunalar miqdori) 

doimiy boʻlib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish 

darajasini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlishi mumkin. 

Boshqacha aytganda qisqa davr oraligʻida korxonaning ishlab 

chiqarish quvvatlari oʻzgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli 

mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini koʻpaytirish orqali 




oʻzgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan 

foydalanish intensivligini oshirish mumkin 

Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va 

butun band boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli 

boʻlgan davrdir.  

Bu yerda shuni taʼkidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining 

oʻzgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va 

korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Masalan, 

yengil sanoat tarmogʻida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina 

firma, bir nechta qoʻshimcha tikuv mashinasi oʻrnatish bilan oʻzining 

ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish 

mumkin. Ogʻir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish 

uchun bir necha yil talab qilinadi.  

 

 



 

 

 



Yüklə 87,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin