26
4.Tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis
taklif qilinmoqda?
Tovarlarni raqobatdoshligini baholashda 4 ta usul mavjud bo‘lib ular
quyidagilardan iborat:
1. Ekspert baholash
2. Baholashni o‘lchash-hisoblash usuli
3. Tajriba usuli
4. Sotsiologik usul
Ekspert baholash – tovarlarni sifatini ekspert baholashda tovarlarni ishlab
chiqarishda katta ahamiyatga ega. Ekspert baholashda 2 xil usul mavjud: 1) xay’at
usuli; 2) yetakchi ekspert va guruh usuli.
O‘lchash- hisoblash usuli- bu usul bilan tovar sifatini baholash tajriba
natijalari asosida o‘lchanadigan ko‘rsatkichni baholash, qiymatni aniqlash va
oldindan ishlab chiqilgan namunaviy hisoblash formulasi, grfik va jadvallarni
ishlatib o‘lchashga asoslangan.
Baholashni tajriba usuli – bunda tovarlarni raqobatdoshligini aniqlash
tajriba usulida ekspert qiluvchi tovarni sifatini insonlarda sinab ko‘radi.
Baholashni sotsiologik usulida esa – tovarlarni raqobatdoshligini aniqlashni
tajriba usulida ekspert qiluvchi tovarni sifati to‘g‘risidagi fikrlari asosida tovarga
baho beriladi. Tashqi bozorga chiqish har doim raqobat krashiga tortilishi
demakdir.
Haridorlarning ayrim bir ehtiyojlari teng yoki qisman o‘zgaradigan
sharoitlarda bir xil yoki har xil usullar bilan qondirish mo‘ljallangan xilma-xil
tovarlar ayni bir vaqtda taklif etiladi. Bunday sharoitda iste’molchi o‘zining qiymat
birligi bo‘yicha raqobatchilar tovarlariga qaraganda ehtiyojni ko‘proq va yuqori
darajada qondiradigan tovarlarni tanlaydi.
Dostları ilə paylaş: