qil", deb buyuradi. Iso (a.s.) buyruqni bajarib, tilovat qila boshlaydi. Tilovatning
insonlarning eng hikmatlisidir. Qiroatda shu qadar tozalik va nazokat ko‘rsatadiki,
xristianlar va rohiblar o‘zlarini xuddi Injildan hech bir oyat bilmaydigandek his qilishadi.
Shundan keyin nasroniylar ham ikkiga bo‘linishadi. Buzilgan xristianlari kofirlarga,
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
buzilmaganlari mo‘minlarga qo‘shilishadi.
Undan keyin bir nido eshitiladi: "Muhammad (s.a.v.) qaerda?" Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
keladilar. Haq taolo deydiki: "Ey Muhammad! Jabroil senga Qur’oni karimni tablig‘
etganini aytyapti" Ul zot: "To‘g‘ri, ey Rabbim!" Haq taolo: "Ey Muhammad! Minbaringga
chiq va Qur’oni karimni tilovat qil!" deb buyuradi. Pay-g‘ambarimiz (s.a.v.) Qur’oni
karimni g‘oyat go‘zal va totli bir shaklda tilovat qilib, mo‘minlarga mujdalar beradilar.
Ularning yuzlariga tabassum yuguradi va sevinchlari ichiga sig‘maydi. Qur’oni karimga
ishonmaganlarning va bu Kitobni (Alloh saqlasin) oddiy bir cho‘l qonunidir, deganlarning
yuzlari esa g‘oyatda chirkin ko‘rinish oladi.
Shu yergacha bayon qilingan payg‘ambarlarga qilinadigan savol-javobni A’rof surasining
6-oyatida shunday marhamat qilinadi:
Dostları ilə paylaş: