III bob bo’yicha xulosalar
Shuningdek, ichki valyuta bozoridagi barqarorlikni va so'mning almashuv
kursining belgilangan koridor doirasida bo'lishini ta'minlash maqsadida, Markaziy
bank banklararo valyuta bozorida oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishi
lozim. Markaziy bank, zarur hollarda, pul bozorida so'nggi instantsiyadagi kreditor
sifatida, tijorat banklariga ularning likvidligini saqlash maqsadida, qisqa muddatli
kreditlar ajratish faoliyatini davomiyligini ta'minlashi kerak. Bank tizimi
likvidligini tartibga solish tizimini bozor tamoyillari asosida yanada
takomillashtirish foiz siyosatining samaradorligini oshirish va pul bozorida foiz
xatarlarini pasaytirish imkonini beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqillikning ilk davridayoq yillarida
biz mustahkam poydevorga ega bo'lgan bank tizimini shakllantirdik va
rivojlantirdik. Bizning bank tizimimiz mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy
ettirish, xalq farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirish ishiga bundan buyon ham o'zining
salmoqli hissasini qo'shib boradi.
Dostları ilə paylaş: |