Xalqaro mintaqaviy tarqqiyot banklari
Nomi va
joylashgan
joyi
Tashki
l
topgan
yili
A’zo
mamlaka
t – lar
soni
Shundan
rivojla –
nayotga
n
Ustav
kapital
i
Shundan
to’langan
i
Loyiha –
larni
moliyalas
h – tirish
Mlrd dollar
Amerikalarar
o taraqqiyot
banki (ATB),
Vashington
1959
46
30
101,0
4,3
13,6
Afrika
tarqqiyot
banki (AfTB),
Abidjon
1963
77
51
29,7
2,0
2,6
Osiyo
taraqqiyot
banki (OTB),
Manila
1965
61
45
47,0
3,0
5,4
AfTB tashkil topgan paytda unga a’zo mamlakat sifatida faqat Afrika
qit’asidagi mamlakatlar kirishi belgilab qo’yilgan edi. Biroq, keyinchalik bankning
moliyaviy resurslari bazasini shakllantirishda muammolar vujudga kelganligi
sababli rivojlangan mamlakatlarni a’zo bo’lishiga ruxsat berildi.
Xalqaro valyuta va kredit tashkilotlari ichida
Xalqaro hisob kitoblar banki
(Bazel) alohida o’rin tutadi. HHKB 1930 yilda oltita mamlakat (Belgiya, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Italiya, Frantsiya va Yaponiya) ning xukumatlararo Gaga
shartnomasi va shu mamlakatlarning konventsiyasi asosida Shveytsariyada tashkil
etildi.
XHKB dunyodagi barcha banklar uchun kapitalning etarliligi bo’yicha
xalqaro talablarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi. Masalan, XHKB
banklar kapitalini ularning riskka tortilgan aktivlariga nisbatan umumiy kapitali
bo’yicha 0,08 va asosiy kapitali 0,04 bo’yicha koeffitsient bo’lishi zarurligi
belgilagan.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki aynan shu talablarni, mos
ravishda 0,05 va 0,1 koffitsientda o’rnatgan. Xususan, malakatimiz tijorat banklari
banklarida ushbu talab yuqori darajada bajarilayotganligini Prezidentimiz Islom
Karimov alohida e’tirof etib: “Banklarimiz kapitalining etarlilik darajasi 23 foizdan
oshadi. Bu esa banklar monitoringi bilan shug’ullanadigan xalqaro Bazel qo’mitasi
tomonidan belgilangan xalqaro standartlardan qariyb 3 barobar ko’pdir
68
” deya
ta’kidladilar.
XHKB – markaziy banklarning banki. XHKBga uning ustavi bo’yicha
ikkita asosiy vazifa qo’yilgan. Birinchisi, markaziy banklar o’rtasida o’zaro
68
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. –T:
“O’zbekiston”, 2010. 36 – b.
aloqalarni rag’batlantirish, xalqaro moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga
qulay muhit yaratish; ikkinchidan, unga a’zo mamlakatlar o’rtasida xalqaro kredit
va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda bank – agent yoki bank – depozitariy
sifatida faoliyat yuritadi.
XHKBning asosiy moliyaviy resurs manbasi Markaziy banklarning qisqa
muddatli (asosan 3 oy muddatga) depozitlari yoki oltinlari hisoblanadi. Aktiv
operatsiyalari sifatida bankning Markaziy banklarga xorijiy valyutalarda beradigan
kreditlarini ta’kidlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: