Q
IZAMIQ
Qizamiq, gul – o‘tkir yuqumli kasallik; tana haroratining
ko‘tarilishi, umumiy intosikatsiya, yuqori nafas yo‘llari
va ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi hamda badanga
qizil, yirik dog‘li toshmalar toshishi bilan kechadi.
Qizamiq yer yuzida eng keng tarqalgan infeksilardan,
unga barcha yoshdagi kishilar, asosan, yosh bolalar
beriluvchan bo‘ladi. Kasallik mavsumiy bo‘lib, kuz-qish
va bahorda ko‘proq uchraydi. Infeksiya manbai faqat
kasallangan
odam
hisoblanadi,
sog‘lom
kishi
organizmiga virus nafas yo‘llari orqali tushadi.
Kasallikdan keyin umr bo‘yi saqlanadigan immunitet
qoladi. Chaqaloqlar (passiv immunitet tufayli) qizamiq
bilan og‘rimaydi.
Organizmga yuqori nafas yo‘llari shilliq pardalari, ko‘z kon’yunktivasi va
boshqa(lar) orqali kirgan qizamiq virusi u yerda ko‘payib, keyin qonga
tushadi. Kasallik bosqichma-bosqich kechadi, inkubatsion (yashirin) davri
9-11 kun; undan so‘ng Prodromal (boshlang‘ich, kataral) davr 3—4 kun
davom etadi. Kasallik boshlanishida tana harorati 39° gacha ko‘tariladi,
yuqori nafas yo‘llari va ko‘z kon’yunktivasi qizaradi, bemor quruq
yo‘taladi, tumov bo‘ladi, ko‘zi qizarib yoshlanadi, yorug‘likka qaray
olmaydi, tovushi bo‘g‘ilib qoladi, yuzi kerikadi. Bola bezovta bo‘ladi,
uyqusi buziladi, ishtahasi yo‘qoladi, holsizlanadi, ba’zan ich ketishi, qornida
og‘riq, og‘irroq hollarda umumiy intoksiksiya, talvasalar, es-hushni
yo‘qotish alomatlari ro‘y berishi mumkin.
Yumshoq va qattiq tanglayning shilliq pardasida mayda qizil dog‘lar –
enantema paydo bo‘ladi. Toshma tashish davrida (bu davr 3-4 kun davom
etadi) bemor qattiq isitmalashi, tomog‘i qizaradi, keyin o‘ziga xos qizil,
yirik toshmalar toshadi; u dastlab quloq orkasi, lunj, peshona va burunga
toshadi, keyin yuz, badanga, qo‘l-oyoqqa tarqaladi. Toshmalarning
bosqichma-bosqich toshishi qizamiqda muhim diagnostik ahamiyatga ega.
Yuzdagi toshmalar koral boshlaydi va jigarrang dog‘larga aylanadi, ular 7-
10 kun saqlanadi. Teri, ayniqsa, yuz, qo‘l kafti va oyoq tagi quruqshay
boshlaydi; toshma o‘rni qovjirab, mayda po‘st tashlashi mumkin, tana
harorati pasayib, bola asta-sekin tetiklanadi. Kasallik bilinar-bilinmas yengil
kechishi zotiljam, ichki kasalliklar, o‘rta quloqning yallig‘lanishi (otit) va
boshqa(lar) asoratlar yuzaga kelishi ham mumkin, bunda darhol shifokorga
murojaat qilish kerak.
Qizamiq