o’zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarining takomillashuviga olib keladi. Bu
esa o’z navbatida pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va
takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringini
o’qituvchilarning ko’nikma va malakalarini oshirish to’g’risida O’zbekiston
tarmog’ini tashkil etish to’g’risida”gi 2005 yil 28 sentabrdagi PQ-191 sonli qarori,
rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora
tadbirlari to’g’risida”gi 2002 yil 6 iyundagi 200 sonli ,“O’qituvchi kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
to’g’risida”gi 2006 yil 16 fevraldagi 25 sonli qarorlarining qabul qilinishi mazkur
masalada davlat siyosatining ustivor yo’nalishi sifatida e’tibor berilayotganligidan
24
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o’qituvchining pedagogik
faoliyatida :
─ ta’limning texnologik asosini zamon talablari darajasida rivojlantirish
bilan bog’liq bo’lgan murakkab jarayon yengillashadi.
─ dars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil etish uchun
maxsus ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.
─ masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo’lgan talablar
va o’quv materialining sifatini nazorat qilishga ehtiyoj paydo bo’ladi.
─ ta’lim jarayonida o’quvchilarning mustaqil faoliyati takomillashadi, dars
jarayoninig samaradorligi o’qituvchidan o’quvchiga ko’chadi.
─ o’quv jarayonini tashkil etishda o’quvchining tashkilotchiligi va shaxsiy
ishtiroki ortadi.
─ zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida
o’qituvchi pedagogik faoliyatida har bir o’quvchi bilan teskari aloqa vujudga
kelishi ta’minlanadi.
Hozirgi kunda jamiyatning har bir a’zosi, o’zining kundalik faoliyatida
uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib
borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga
xizmat qiladi. Zamon talabi shunday ekan, o’qituvchi ham o’z kasbiy va pedagogik
mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oshirib borish mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalari o’z muhitida axborot ob’yektlarini ularning
o’zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to’plash
texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va
huquqiy tarkibini mujassamlantiradi. [23-24]
O’qituvchilar ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari va
talablarini inobatga olish zarur. O’qituvchi tomonidan targ’ib etilayotgan ta’lim va
tarbiya jarayoni shaxsga yo’naltirilgan xarakterda bo’lishi, ya’ni shaxsning har-xil
xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bo’lishi kerak.