O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Umumiy o’rta ta’lim maktablarida  fizika fanini o’qitishda “Kim, qayerda



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/30
tarix18.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#51363
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya

3.7.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida  fizika fanini o’qitishda “Kim, qayerda 

xato qildi?” metodini qo’llash 

 

Umumiy  o’rta  ta’lim  maktabida  fizika  ta’limining  ahamiyati  uning  fan-

texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalarida, kundalik turmushda tutgan o’rni 

bilan  belgilanadi.  Umumiy  o’rta  ta’lim  fizikani  o’qitish  o’quvchilarning  ilmiy 

dunyoqarashini,  mantiqiy tafakkur  qila olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o’z- 

o’zini  anglash  salohiyati  shakllantirilishi  va  o’stirishi,  ularda  milliy  va 

umuminsoniy  qadriyatlarni  tarkib  toptirishi  hamda  ijtimoiy  hayotlari  va  ta’lim 

olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlar beriladi. 

 

Fizika  fani  eksperimental  fan  bo’lganligi  bois  har  bir  nazariy  dars  amaliyot 



bilan  mustahkamlanadi.  Jumladan,  fizik  qonuniyatlar,  ularning  ifodalari  –

formulalarini  keltirib  chiqarish  albatta  masalalar  yechish  orqali  va  labaratoriya 

mashg’ulotlarini o’tkazish bilan o’quvchi ongiga singdiriladi. 

 

Masalalar  yechish  darsini  to’g’ri  tashkil  etish  va  o’quvchilar  bilimini 



baholash fizika fani o’qituvchisidan kata pedagogik mahoratni talab etadi. 

 

Masala  yechish  darsida  ba’zi  tortinchoq  o’quvchilar  masalani  to’g’ri  ishlab 



bo’lsalar-da,  o’zlariga  ishonmay  o’qituvchiga  murojaat  etmaydilar.Yoki  shunday 

salbiy holatlar ham bo’ladiki, darsda faol qatnashuvchi o’quvchilar masalani ishlab 

bo’ganlarida  o’qituvchi  bu  masalaning  to’g’ri  ekanligini  tasdiqlagach  ayrim  

“ko’chirmachi”  o’quvchilar  masalani  ko’chirib  oladilar  va  o’qituvchiga 

ko’rsatadilar. 



 

71 


 

Bunday  vaziyatlarda  o’qituvchi  darsni  an’anaviy  usulda  emas,  balki  yangi 

pedagogik  texnologiyalar  asosida    tashkil  etsa,  ushbu  salbiy  holatlar  bartaraf 

etiladi. 

 

Quyida  “Kim,  qayerda  xato  qildi?”  metodini  umumiy  o’rta  ta’lim 



maktablarining  VII  sinfida  o’tiladigan  “Notekis  harakatda  tezlik”  mavzusini 

o’tishda  qo’llashni  ko’rib  chiqsak.O’qituvchi  yangi  mavzuni  doskaga  yozib 

qo’yadi. 

Notekis  harakat,  uning  turlari  va  notekis  harakatda  tezlikni  topish 

formulalari to’g’risida batafsil tushuntiriladi. 

Darsda  quyidagi masala sharti o’qildi deylik. 

Masala.  Agar  piyoda  harakatlanish  vaqtining  yarmini  110  sm/sek,  ikkinchi 

yarmida 1m/s tezlik bilan harakatlangan bo’lsa, piyodaning butun yo’l davomidagi 

o’rtacha tezligini toping. 

 

Masala sharti e’lon qilingach, o’quvchilarga masalani yechish uchun ma’lum 



vaqt  beriladi  va  o’qituvchi  o’quvchilarni  nazorat  qiladi.  Belgilangan  vaqt 

tugaguncha  o’qituvchi  javoblarning  qaysi  to’g’ri  ekanligini  aytmaydi.  Guruh 

o’quvchilarining ro’yxati kiritilgan jadval tayyorlanadi va qaysi o’quvchi masalani 

ishlab bo’lgan  bo’lsa, o’z familiyasi to’g’risiga  masala javobini  yozib qo’yadi.(1-

jadval)  

 

Ba’zi  o’quvchilar  formulani  to’g’ri  qo’llasalarda,  tezlikni  bir  xil  birlikka 



o’tkazish kerakligiga e’tibor qilmaydilar. Natijada masalaning  javobi xato chiqadi. 

 

 



 


 

72 


Masalan, o’quvchi quyidagi xatoga yo’l qo’yishi mumkin:  

 

          Berilgan:                     Yechish:           



V

1

=110sm/s                 



V

2

=1m/s                           



s

m

s

m

s

sm

v

v

v

r

o

/

5



.

55

2



/

1

/



110

2

2



1

'





 

V



o’r

  — ?                                         Javob:55.5 m/s 

 Boshqa  o’quvchi  esa,  fizik  kattaliklarni  bir  xil  birlikka  o’tkazib  oladi-yu, 

lekin  masalaning  shartiga  e’tibor  qilmay,  umumiy  masofa  teng  ikkiga  bo’lingan 

hol uchun o’rtacha tezlik formulasini qo’llab, 

s

m

v

v

v

v

v

r

o

/

047



.

1

2



2

1

2



1

'



 



javobini chiqaradilar. 

 

Ziyrak  o’quvchilar  esa,  barcha  shartlarni  e’tiborga  oladilar  va  to’g’ri 



yechimni topadilar. 

s

m

s

m

s

m

v

v

v

r

o

/

05



.

1

2



/

1

/



1

.

1



2

2

1



'





 

1-jadval. 

T/R  O’quvchining 

ismi sharifi 

1-masala 

2-masala  3-masala 

Abdullayev 



Erkin 

s

m

v

v

v

r

o

/

5



.

55

2



2

1

'





 

 

 



Ibragimov 

Kamoliddin 

s

m

v

v

v

v

v

r

o

/

047



.

1

2



2

1

2



1

'



 



 

 



Jamolov 

Husniddin 



s

m

s

m

s

m

v

v

v

r

o

/

05



.

1

2



/

1

/



1

.

1



2

2

1



'





   

 



 

 

 



 

 



 

 

 




 

73 


Shu  tariqa  jadvalni  to’ldirib  boraveradilar.  Masalani  yechish  uchun  belgilangan 

vaqt tugagach, o’qituvchi javoblarni saralaydi va quyidagi natija qayd etildi deylik. 

2-jadval. 

To’g’ri javob 

9 kishi  

Xato 


14 kishi 

Xato 


7 kishi 

1.05 m/s 

55.5 m/s 

1.047 m/s 

 

 

O’qituvchi  masalani  noto’gri  ishlagan  o’quvchilardan  bir-ikki  nafarini 



doskaga  chiqaradi  va  o’quvchi  qayerda  xato  qilganligini  to’g’ri  ishlagan 

o’quvchilar  tekshirib  turishini  aytadi.  O’quvchi  qayerda  xatoga  yo’l  qo’yganligi 

guruh  tomonidan  to’g’irlanadi  va  boshqa  o’quvchilar  ham  o’z  xatolarini  bilib 

oladilar.  Bu  metodni     qo’llash  orqali  o’quvchilarni  masala  yechishga  qiziqtirish, 

optimal  baholash  va  o’quvchi  xatosini  o’quvchining  o’zi  to’g’irlashga  o’rgatish 

mumkin. 


 

 

 



 

 

 



 

 



 

74 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin