o’rganish vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari,
bilimlarni nazoart qilish vositalari, o’quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish
(muloqot) va o’quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O’quv ishi vazifa, muammo,
masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim –
kommunikatsiya (muloqot) o’qituvchi va talabalarning o’quv faoliyati sanaladigan
kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya – bu kodlash (o’qituvchi
nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va talabalarning axborotni qabul qilishi
Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko’ra ham tasnif
qilinadi. Bunday bog’liqlikka ko’ra didaktik vositalar vizual (ko’rish) –
haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar;
audial(eshitish) – radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko’rish-eshitish)
– ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron
darsliklar.
Dostları ilə paylaş: