Pedagogika fan o’qitish metodikasi. Xudaybergenova N


II.1 Pedagogik fanlarni o’qitishda metod va usullardan



Yüklə 217,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix23.01.2022
ölçüsü217,33 Kb.
#51497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
pedagogika fanlarini oqitish metodikasini oqitishning shakl va metodlari

II.1 Pedagogik fanlarni o’qitishda metod va usullardan 

foydalanish zaruriyati 

 

O’zbekistonda  ta’lim-tarbiya  sohasini  isloh  qilishning  asosiy  omillaridan  biri 

“shaxs  manfaati  va  ta’lim  ustuvorligi“dir.  Bu  omil  davlatimizning  ijtimoiy 

siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi. 

Prezidentimiz  Islom  Karimov  tomonidan  bu  modelni  amalga  oshirish  bilan 

hayotimiz jabhalarida ro’y beradigan “portlash effekti“ natijalari ro’y-rost ko’rsatib 

berildi, ya’ni:  

-  ijtimoiy-siyosiy  iqlimga  ijobiy  ta’sir  qiladi  va  natijada  mamlakatimizdagi 

mavjud muhit butunlay o’zgaradi; 

- insonning hayotidan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi; 

- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi; 

-  jamiyatimizning  potentsial  kuchlarini  ro’yobga  chiqarishda  juda  katta 

ahamiyat kasb etadi; 

- fuqarolik jamiyati qurishni ta’minlaydi, model vositasida dunyodan munosib 

o’rin olishga, o’zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi. 

Pedagogik  texnologiya    -  shunday  bilimlar  sohasiki,  ular  yordamida  3-ming 

yillikda  davlatimiz  ta’lim  sohasida  tub  burilishlar  yuz  beradi,  o’qituvchi  faoliyati 

yangilanadi,  talaba  yoshlarda  xurfikrlilik,  bilimga  chanqoqlik,  Vatanga  mehr-

muhabbat, insonparvarlik tuygulari tizimli ravishda shakllantiriladi  

Dastlab  “texnologiya“  tushunchasiga  aniqlik  kiritaylik.  Bu  so’z  texnikaviy 

taraqqiyot  bilan  bogliq  holda  fanga  1872  yilda  kirib  keldi  va  yunoncha  ikki 

so’zdan  -  “texnos“  (techne)  -  san’at,  hunar  va  “logos“  (logos)  -  fan  so’zlaridan 

tashkil  topib  “hunar  fani“  ma’nosini  anglatadi.  Biroq  bu  ifoda  zamonaviy 

texnologik  jarayonni  tulik  tavsiflab  berolmaydi.  Texnologik  jarayon  har  doim 

zaruriy  vositalar  va  sharoitlardan  foydalangan  xolda  amallarni  (operatsiyalarni) 

muayyan  ketma-ketlikda  bajarishni  kuzda  tutadi.  Pedagogik  texnologiya  -  bu 

o’qituvchi 

(tarbiyachi)ning 

o’qitish 

(tarbiya) 

vositalari 

yordamida 

o’quvchi(talaba)larga  muayyan  sharoitda  ta’sir  kursatishi  va  bu  faoliyat  maxsuli 



sifatida  ularda  oldindan  belgilangan  shaxs  sifatlarni  intensiv  shakllantirish 

jarayonidir. 

Yuqorida  keltirilgan  ta’rifdan  kurinib  turibdiki,  pedagogik  texnologiya 

tushunchasini  izoxlashda  texnologiya  jarayoni  asos  kilib  olindi.  Aslini  olganda 

ham  bu  tushunchaga  berilgan  ta’riflar  soni  pedagogik  adabiyotlarda  nixoyatda 

kupdir.  Pedagogik  nashrlarda  “texnologiya“  atamasining  xilma-xil  kurinishlarini 

uchratish  mumkin:  “uqitish  texnologiyasi“,  “o’quv  jarayoni  texnologiyasi“, 

“ma’lumot texnologiyasi“ va xokazo.  

Pedagogik texnologiya o’qitish jarayoning uzaro bog’lik kisimlarini tashkiliy 

jixatdan  tartibga  keltirish,  bosqichlarni  kurish,  ularni  joriy  etish  shartlarini 

aniklash,  mavjud  imkoniyatlarni  xisobga  olgan  xolda  belgilangan  maqsadga 

erishishni  ta’minlaydi.  Yoxud  pedagogik  texnologiya    o’qituvchining  kasbiy 

faoliyatini  yangilovchi  va  ta’limda  yakuniy  natijani  kafolatlaydigan  muolajalar 

yigindisidir.      Texnologiya  uzining  egiluvchanligi,  natijalarning  turgunligi, 

samaradorligi, oldindan loyixalanish zarurati bilan metodikadan farklanib turadi. 

Shu  bilan  birgalikda  ma’lum  vaqt  davomida  pedagogik  texnologiya  o’quv 

jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb karab kelindi. Fakat 70 

-  yillardan  boshlab  pedagogik  adabiyotlarda  bu  tushunchaning  moxiyati  yangicha 

talkin etila boshlandi. Yapon olimi T. Sakamoto tomonidan “o’qitish texnologiyasi 

-  bu  o’qitishning  makbulligini  ta’minlovchi  yul-yuriklar  tizimi  bilan  bog’lik 

bilimlar soxasi“ ekanligi e’tirof etiladi  

Ob’ektiv borlikni urganishning tizimli yondashish metodi fanda keng qulamda 

qullanilgach,  uning  ta’siri  ostida  asta-sekinlik  bilan  pedagogik  texnologiya  

qmoxiyatiga  ham  aniqlik  kiritildi:  rus  olimasi  N.F.Talizina  texnologiyani 

“belgilangan  o’quv  maqsadiga  erishishning  okilona  usullarini  aniklashdan  iborat“ 

deb tushuntiradi. SHuningdek, olima zamonaviy texnologiyasi haqida fikr yuritib, 

uni  alohida  fan  sifatida  qarash  lozimligini  o’qtiradi:  “O’qitish  texnologiyasi  -  bu 

o’quv  jarayonini  nima  real  tavsiflasa  usha,  o’qituvchiga  urnatilgan  maqsadlarga 

erishish uchun nimaga tayaanish zarur bulsa usha.  Bu alohida fan. 



Pedagogik  texnologiyani  fan  sifatida  e’tirof  etish  K.K  Selevko  tomonidan 

ham  ma’qullandi:  “Pedagogik  texnologiya  o’qitishning    birmuncha  oqilona 

yullarini  tadkik  kiluvchi  fan  sifatida  ham,  ta’limda  qullaniladigan  usullar, 

printsiplar  va  regulyativlar  sifatida  ham,  real  o’qitish  jarayoni  sifatida  ham 

mavjuddir”.  Olimning  ta’qidlashicha  “Pedagogik  texnologiya”  tushunchasi  ta’lim 

amaliyotida uch ierarxik darajada ishlatiladi: 

1) 

Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja: umumpedagogik (umumdidaktik, 



umumtarbiyaviy)  texnologiya  ma’lum  mintaqada,  o`quv  yurtida,  ma’lum  o`qitish 

bosqichida yaxlit ta’lim jarayonini tavsiflaydi. 

2) 

Xususiy  metodik  (predmetli)  daraja:  xusuiy  predmetli  pedagogik 



texnologiya “xususiy metodika” ma’nosida qullaniladi, ya’ni ta’lim va tarbiyaning 

anik  mazmunini  joriy  etish  metodlari  va  vositalari  yigindisi  sifatida  bir  predmet, 

sinf,  o’qituvchi  doirasida  qullaniladi  (fanlarni  o’qitish  metodikasi,  o’qituvchi, 

tarbiyachining ishlash metodikasi). 

3) 

Lokal  (  modulli)  daraja:    loqal  texnologiya  uzida  o’quv  -  tarbiyaviy 



jarayonning  ayrim  qismlarini,  xususiy  didaktik  va  tarbiyaviy  masalalar  enchimini 

o’zida  mujassamlashtiradi  (aloxida  faoliyat  turlari  texnologiyasi,  tushunchalarni 

shakllantirish,  aloxida  shaxs  sifatlarini  tarbiyalash,  dars  texnologiyasi,  yangi 

bilimlarni egallash, mustakil ishlash texnologiyasi va boshka). 

Pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta’riflarning 

xilma-xilligi,  bir  tomondan,  rivojlangan  mamlakatlarda  bu  mavzuning  u  yoki  bu 

darajada  echilganligini  ko’rsatsa,  ikkinchi  tomondan,  pedagogik  texnologiyani 

amaliyotga joriy etishga bulgan urinishlar natijasini ifodalaydi.  

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  mutaxassislarning  ilmiy  salohiyatini 

birlashtirishga  imkoniyatlar  etarli.  Nazariya  va  amaliyot  birligining  ta’minlanishi 

pedagogik texnologining asl moxiyatini aniklashga yo’l ochadi. Fikrimizcha, yangi 

pedagogik  texnologiya  pedagogika  fanining  alohida  tarmogi  sifatida  yoki  faqat 

ta’lim amaliyotini makbullashtirishga yunaltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. 

Pedagogik  texnologiya  bu  soxadagi  nazariy  va  amaliy  izlanishlarni  birlashtirish 

doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. 



Darvoke,  pedagogik  texnologiyaga  “yangi“  suzini  qo’shib  ishlatilishi 

nazariyachi olimlar va o’qituvchilarni bir kadar uylantirib kuydi, endilikda ta’lim-

tarbiya  jarayonini  loyixalashga  eskicha  yondashish  mumkin  emasligini  anglashga 

harakat  qilmoqdalar.  Shunday  ekan,  “yangi  pedagogik  texnologiya“  nimani 

anglatadi?  Bu savolning echimini izohlashga harakat qilamiz. 

Birinchidan,  pedagogik  texnologiya  ta’lim  (tarbiya)  jarayoni  uchun 

loyixalanadi  va  belgilangan  maqsadni  echishga  qaratiladi.  Binobarin,  har  bir 

jamiyat shaxsni shakllantirishini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma’lum 

pedagogik  tizim  (maktab,  kollej,  oliy  o’quv  yurti)  mavjud  bo’ladi.  Bu  tizimga 

uzluksiz  ravishda  ijtimoiy  buyurtma  o’z  ta’sirini  o‘tkazadi  va  ta’lim-tarbiya 

maqsadini  umumiy  holda  belgilab  beradi.  “Maqsad“  esa  pedagogik  tizimning 

qolgan elementlarini o’z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. 

Kadrlar  tayyorlashning  milliy  dasturi  ta’lim-tarbiyaning  maqsadini  yangi 

yunalishga  burdi,  ya’ni:  “o’tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitdan 

to’la  xolis  etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida  yuksak  ma’naviy  va 

axlokiy  talablarga  javob  beradigan  yukori  malakali  kadrlar  tayyorlash“  deb 

belgilanadi.  Demak,  ta’lim-tarbiyaning  maqsadi  butunlay  yangilandi,  unga  mos 

holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir. 

Ikkinchidan,  fan  va  texnikaning  rivojlanishi  bilan  inson  faoliyati  chegarasi 

nixoyatda  kengayib  boryapti,  auditoriyaga  o’qitish  imkoniyatlari  katta  bulgan 

yangi  texnologiyalar  (sanoat,  qishlok  xujaligi,  elektron,  axborot  va  boshka)  kirib 

kelmokda.  Ruy  berayotgan  sifatiy  uzgarishlar  shundan  dalolat  beradiki,  endilikda 

“urganish“ning  birlamchi  jarayonlari  an’anaviy  metodika  va  o’qitish  vositalari 

romiga sigmay, o’qituvchining individual kobiliyatariga mos kelmay koldi. Yangi 

metodikalarni  talab  etadigan  va  ta’lim  jarayonining  ajralmas  kismiga  aylanib 

borayotgan  va  unga  uzining  ma’lum  xususiyatlarini  joriy  etadigan  yangi 

texnikaviy,  axborotli,  poligrafik,  audiovizualli  vositalar  mavjudki,  ular  yangi 

pedagogik texnologiyani real vokelikka aylantirdi. 





Yüklə 217,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin