Urganch davlat universiteti



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

Birinchidan,  jamiyatimizning  ijtimoiy-siyosiy  taraqqiyotini,  ayniqsa, 

kelajagini  o„ylab  ish  tutish  lotin  alifbosini  tanlash  to„g„ri  bo„lganini  ko„rsatdi. 

O„zbekiston  Respublikasi  dunyo  miqyosiga  chiqmoqda.  G„arb  sivilizatsiyasi 

tomon  harakat  qilar  ekanmiz,  alifboni  tanlashda  ham  buni  hisobga  olindi  G„arb 

dunyosidagi  eng  taraqqiy  etgan  millatlarning  deyarli  barchasi  lotin  harflari 

asosidagi milliy alifbolar bilan ish yuritadi. Umuman, lotin alifbosi – dunyoda eng 

keng tarqalgan alifbo.  

Ikkinchidan,  ijtimoiy-iqtisodiy  jihatdan  dunyo  miqyosiga  chiqish,  xorijiy 

davlatlar  bilan  bevosita  diplomatik  munosabatlar  o„rnatish  dunyoda  eng  keng 

tarqalgan  tillarni  –  ingliz,  ispan,  fransuz,  nemis  tillarini  bilishimizni  taqozo 

etmoqda.  Lotin  alifbosiga  o„tilishi  o„zbeklarning  g„arb  tillarini  o„rganishini 

yengillashtirdi.  

Uchinchidan,  lotin  alifbosiga  o„tish  masalasini  faqat  o„zbeklargina  ko„tarib 

chiqqani  yo„q,  balki  ko„pgina  turkiyzabon  millatlar  ham  shu  yo„lni  tutdilar.  Shu 

o„rinda  yana  bir  holatni  alohida  ta‟kidlash  joiz.  Avvallari  alifboni  almashtirish 

yuqoridan  berilgan  ko„rsatma  bilan  amalga  oshirilgan  bo„lsa,  bu  gal  dastlab 




29 

 

ziyolilarimizning  o„zi  tashabbus  ko„rsatdi  va  bu  tashabbusni  xalqimiz  va 



hukumatimiz qo„llab-quvvatladi.  

O„zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  milliy  istiqlolni  mustahkamlash 

maqsadida  ijtimoiy  sohaga,  xususan,  milliy  qadriyatlarni  tiklash  va  e‟zozlashga 

alohida  e‟tibor  qaratildi.  Ona  tili  va  milliy  yozuv  ana  shunday  buyuk  qadriyat 

sifatida mustaqil davlatimizning har tomonlama kamol topishi hamda umumjahon 

kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtirishga xizmat qiladi.  




Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin