Urganch davlat universiteti



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

illa (chirilla, taqilla) qo„shimchasi so„z tarkibida yoki tovushi bo„lganda -ulla 

aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi.  

Ammo tilimizda shov, lov, gur kabi so„zlar bilan bir qatorda viz, vish, vaq

var,  vang,  vag„,  vosh  singari  tarkibida  v  undoshi  bo„lgan  ko„plab  taqlid  so„zlar 

ham  uchraydi.  Ushbu  so„zlarni  yuqoridagi  qoidaga  muvofiq  vizullamoq, 



vishullamoq, vaqullamoq shaklida yozib bo„lmaydi. Albatta, viz, vish, vaq singari 

taqlid  so„zlarga  fe‟l  yasovchi  -illa  qo„shilganda,  asliga  muvofiq  yoziladi: 



vizillamoq,  vishillamoq  kabi.  Shu  sababli  ushbu  holat  uchun  berilgan  imlo 

qoidasini quyidagicha tuzatish lozim:  

1.  Taqlid  so„zlardan  fe‟l  yasovchi  -illa  (chirilla,  taqilla)  qo„shimchasi  so„z 

tarkibida u tovushi bo„lganda yoki so„z v tovushi bilan tugaganda -ulla aytiladi va 

shunday yoziladi: gurulla, shovulla, lovulla kabi.  

2. Imlo qoidalarining 58-moddasida ko„makchi fe‟l va to„liqsiz fe‟l mustaqil 

fe‟ldan  ajratib  yozilishi,  lekin  mustaqil  fe‟l  bilan  yordamchi  fe‟l  orasida  tovush 



55 

 

o„zgarishi bo„lsa, bunday qismlar qo„shib yozilishi ko„rsatilgan: aytaver (ayta ber), 



boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi.  

Ammo,  aytish  kerakki,  tovush  o„zgarishi  yuz  berganda,  ekan  to„liqsiz 

fe‟lining  o„zidan  oldingi  so„zga  (mustaqil  fe‟lga)  hamisha  -kan  shaklida  qo„shib 

yozilishi  qat‟iy  qoida  bo„lolmaydi.  Chunonchi,  mustaqil  fe‟l  so„roq  mazmunida 

kelib,  -di  (o„tgan  zamon  fe‟li)  qo„shimchasi  bilan  tugagan  bo„lsa,  unga  -kan 

shaklini  qo„shib  bo„lmaydi:  Masalan,  qachon  ko„rdikan  deb  aytish  ham,  yozish 

ham  mumkin  emas.  Uning  (-kan)  ning  oldidan  bir  y  orttirib,  qachon  ko„rdiykan 

yoki  qachon  ko„rdiykin  shaklida  aytish  va  yozishga  majbur  bo„lamiz  va  bu 

to„g„ridir.  

Umuman,  edi,  ekan,  emish  to„liqsiz  fe‟llarining  mustaqil  fe‟lga  qo„shib 

yozilishiga  oid  qoidani  tuzatish  va  mukammallashtirish  zarur.  Undan  oldin  -mi 

so„roq  yuklamasi  kelganda  (masalan:  borarmi  ekan,  bilarmi  ekan)  bu  so„zning 

talaffuzi  o„zgarishi,  ya‟ni  uning  tarkibidagi  a  unlisi  i  aytilishi  uchraydi: 

borarmikin,  bilarmikin  kabi.  Nazarimizda,  mana  shunday  aytilganicha  yozishni 

ham  qoidalashtirish  zarurati  bor  (yozish  qoidalashtirilsa,  to„g„ri  bo„ladi).  Sababi, 

uni  borarmikin,  bilarmikin  tarzida  aytish  va  yozish  bilan  borarmikan, bilarmikan 

tarzida  qo„llash  orasida  muallifning  obyektga  munosabatini  farqlaydigan  holat 

mavjud.  

3. So„zga ikki yuklama qator qo„shilishiga to„g„ri kelsa va har ikki yuklama 

ham yangi imlo qoidasiga ko„ra chiziqcha bilan ajratib yozilsa (55-qoida), qanday 

yo„l  tutish  lozim?  Masalan:  Men  boraman-ku-ya,  siz  kelmaysiz-da-a?  singari 

qoida bo„yicha, -ku va -ya, -da va -a yuklamalarining har ikkovini chiziqcha bilan 

ajratib yozgan ma‟qulmi yoki birinchi yuklamani so„zga qo„shib: boramanku-ya



kelmaysizda-a?  tarzida  yozgan  durustmi?  Bu  masalalarda  ham  aniqlikka  erishish 

zarur.  


4.  Imlo  qoidasidan  chetda  qolgan  yana  bir  holat  bor  va  buning  to„g„risi 

qanday  yozilishini  imlo  lug„atlarida  ham  ko„rsatib  bo„lmaydi.  Ya‟ni  ayrim 

yuklamalarning  so„zlarga  qo„shilganda,  o„zak  tarkibining  o„zgarishidir.  Masalan, 

so„roq,  ta‟kid,  taajjubni  bildiruvchi  -a,  -ye,  -ey  yuklamalari  q  undoshi  bilan 

tugaydigan  so„zlarga  qo„shilganda,  bu  undosh  talaffuzda  g„  ga,  k  undoshi  bilan 

tugaydigan  so„zlarga  qo„shilganda  esa,  k  undoshi  g  ga  o„zgaradi  va  shunday 

yoziladi: 

yo„q+a=yo„g„-a, 

yo„q+e=yo„g„-e, 

tasadduq+ey=tasaddug„-ey; 

ko„rdik+a=ko„rdig-a, ketdik+ey =ketdig-ey kabi.  

“Voy,  suzuk  ko„zlaringga  Otika  opang  tasaddug„-ey.  (M.Ismoiliy.  Qizlar 

daftari. 71-bet)  

5. Yozuv amaliyotida ham (yam) ko„makchisining qisqargan shakli o„zidan 

oldingi  so„zga  qo„shib  yoziladi:  biram,  yosham,  qariyam,  bittayam,  shunaqayam, 

ko„rsayam,  oldiyam.  Ko„rinadiki,  agar  so„z  undosh  bilan  tugagan  bo„lsa,  ham 



56 

 

ko„makchisining  birinchi  tovushi  (harfi)  tushirib,  oldingi  so„zga  qo„shiladi: 



hecham-da (hech ham-da). Biram ko„rgim keldi. Yosham o„tib boryapti.  

Agar  so„z  unli  bilan  tugagan  bo„lsa,  ham  ko„makchisining  birinchi  tovushi 

o„rniga  y  harfi  yoziladi:  ko„rsayam  ko„rmaslikka  oldi,  Shunaqayam  bo„ladimi 

kishi. Bu holat ham imlo qoidalari ichida o„z ifodasini topishi lozim.  

Yuqorida  bayon  qilinganlardan  quyidagi  umumiy  xulosalarni  chiqarishimiz 

mumkin:  

1) joriy imlo qoidalaridagi ba‟zi kamchiliklarni tuzatish kerak;  

2)  imlo  qoidasidan  chetda  qolgan  holatlar  uchun  imlo  qoidalari  ishlab 

chiqish va 82 ta qoida ortidan qo„shish zarur.  

Umuman,  imlo  qoidalaridagi  bunday  hodisalar  talqiniga  chuqurroq 

yondashish,  imloning  ayrim  masalalarini  tadqiq  qilish  va  o„rinli  taklif  va 

tavsiyalarni  inobatga  olish  va  imloda  aks  ettirish  yozuv  madaniyatimizni  yana- 

ham takomillashishiga olib keladi.  

 


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin