2§. Vakillik hisobvaraqlari orqali banklarning munosabatlari.
Hozirgi paytda tijorat banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblar Markaziy
bank orqali o’tkaziladi. Buning uchun Markaziy bank qoshidagi hisob-kitob markazi
tashkil etilgan.
Tijorat banklari o’zlarining banklararo munosabatlarini olib borish uchun
hisob-kitob markazida vakillik hisob-varag’ini ochishlari lozim.
Tijorat bankining vakillik hisobvarag’i ikki xil yo’l bilan ochilishi mumkin.
- Hududiy boshqarma tijorat banklarining barcha bo’limlari uchun markaziy
bank hududiy bosh boshqarmasida mintaqa bo’yicha yagona vakillik hisobvarag’i
ochadi. Har bir bo’limga esa alohida subhisobvaraqalari ochiladi;
- Tijorat bankining har bir bo’limi uchun alohida Markaziy bankning hududiy
bosh boshqarmasida vakillik varag’i ochiladi.
Vakillik hisob varag’i ochilayotganda Markaziy bankning xududiy bosh
boshqarmasi o’rtasida vakillik munosabatlari to’g’risida shartnoma tuziladi. Tijorat
banki vakillik hisob varag’i ochilishini rasmiylashtirish uchun hududiy boshqarmaga
hisob varaq ochish to’g’risidagi ariza, bank ustavining notarial tasdiqangan nusxasi,
imzolar va muxr izi tushirilgan varaqlarining notarial tasdiqlagan nusxasi va bosh
bank arizasi yoki iltimosnomasi taqdim etiladi.
Vakillik hisobvarag’i Markaziy bank farmoyishiga ko’ra ochiladi. Vakillik
hisob varaqalari nomerini va bank kodini bank depozitlari Milliy Axborot Bazasi
(BDMAB) belgilaydi. Vakillik hisob varag’i ochish to’g’risidagi farmoyish tijorat
banki hududiy boshqarmasi va bo’limiga, uning nusxasi Respublika Markaziy
bankning tegishli xududiy bosh boshqarmasiga jo’natiladi.
Shunday qilib, bankning vakillik hisob varag’i bu-tijorat bankiga O’zbyokiston
Respublikasi Markaziy banki hududiy bosh boshqarmalarining hisob - kitob
markazlarida ochilgan hisobvarak bo’lib, u banklararo hisob-kitoblarini o’tkazishga
mo’jallangandir.
Vakillik hisobvarag’i ham boshqa hisobvaraqlar singari 20 razryaddan iborat.
Hisob-kitob markazida vakillik hisobvaraqlari tijoart banklariga hamda hisob kassa
markazlariga ochiladi. Boshka banklarga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21302-
balans hisob raqami bo’yicha, hisob kassa markazlariga ochilgan vakillik
hisobvaraqlari 21304 - balans hisob raqami orqali olib boriladi. Masalan: