107
- bank haqidagi har xil ma’lumotlarni olish;
- bank qaerda joylashgani emas, balki u qay darajada xizmat ko’rsatishi zarur.
«Bank-Mijoz» tizimidagi hujjatlar aylanishi bu oddiy qog’ozli hujjat
aylanishining texnika vositalari orqali amalga oshirish vositasidir.
Elektron hujjat aylanishi - bu qog’oz hujjatlar ishlatmasdan kompyuter orqali
axborot almashish va uni qayta ishlashdir. Elektron hujjat aylanishidan
foydalanganda axborotni qayta ishlanishi tezlashadi va aniqlashadi,
ushbu
axborotlarni hajmi kattalashib ketmasligi uchun qo’shimcha axborotlar olish uchun
manbalar ochiladi. Bundan tashqari, hujjatlar qalbakilanishining oldi olinadi va bu
hujjatlarning haqiqiyligiga ishonch hosil bo’ladi.
«Bank-Mijoz» tizimidagi barcha axborot elektron hujjat tarzida taklif etiladi.
Elektron hujjatlar bu asli qog’oz hujjatlarning elektron versiyasi bo’lib, u kompyuter
xotirasida saqlanadi va elektron kommunikatsiya kanallari orqali jo’natiladi. Agarda
kerak bo’lsa ushbu hujjatlarni elektron versiyasini qog’ozga tushirib olish mumkin.
«Bank-Mijoz» tizimida asosan gipertekstli programmalar qo’llangan bo’lib, bu
programmalar hozirgi kunda Internet tarmog’ida keng foydalanilmoqda.
Ushbu tizim mijoz uchun bankning Web-serveriga ulanib u orqali On-line
rejimida bank operatsiyalarini amalga oshirish, va qo’shimcha axborotlar olish
imkonini beradi.
Aloqa vositasi sifatida oddiy telefondan foydalanish mumkin. Programma
ta’minoti sifatida standart Web-Brayzer Microsoft Internet Exployer dasturidan
foydalanish mumkin. Mijozda hech qanday qo’shimcha bank dasturlari bo’lmaydi va
hech qanday baza ma’lumotlari saqlanmaydi. Hamma programma ta’minoti,
biznes
mantiq va baza ma’lumotlari bankning R-Bank tizimi bilan bank serverida saqlanadi.
Mijoz qachon bank bilan bog’lansa o’shanda barcha ishlarini amalga oshirishi
mumkin.
«Bank-Mijoz» tizimi bu mijoz va bank o’rtasidagi himoyalangan elektron
hujjatlar almashishning Web-texnologiyalar asosida yaratilgan tizimidir.
«Bank-Mijoz» tizimida mijoz operativ holatda On-line rejimida o’zining
hisobvaraqlarini boshqaradi, bankdan joriy vaqtdagi hisobraqamidagi qoldiq haqida
ma’lumot olish va ulardan ko’chirmalar qilish, boshqa har xil vaqtlar uchun
ko’chirmalar qilish imkoni va boshqa moliyaviy ma’lumotlar olish imkonini beradi.
Ushbu tizim mijoz uchun bank ichidagi va bank tashqarisidagi barcha to’lovlarni
amalga oshirish va asosiy to’lov hujjatlari bilan ishlash imkonini beradi:
1) milliy valyutada:
- to’lov topshiriqnomasi;
- to’lov topshiriqnomasini qaytarib olish;
2) chet el valyutasida:
-
valyutani ko’chirish uchun ariza;
-
valyutani majburiy sotish uchun topshiriqnoma;
-
valyuta sotish uchun ariza;
-
valyuta
sotib olish uchun ariza;
-
akkreditiv uchun ariza.
To’lov xujjatlari bilan ishlashda tizim quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat
beradi:
108
- yangi hujjatni yangidan va namuna bo’yicha to’ldirish. Bu degani mijoz bo’sh
blankani olgandan keyin uni uch xil yo’l bilan to’ldirishi mumkin. Birinchisi - qo’l
bilan yangidan ma’lumotlarni kiritish. Ikkinchisi - shablon hujjatlar spravochnigini
chaqirish orqali. Uchinchidan - oldin qilingan hujjatni ko’chirib olish orqali, ya’ni
oldin qilingan hujjat ro’yxatdan topiladi va ko’chirib olinadi. Shu bilan birga mijoz
ko’chirib olgan hujjatini o’zgartirish imkoniga ega bo’ladi.
- Agar mijoz Off-line rejimida boshqa buxgalteriya dasturlari orqali to’lov
hujjatlarini tayyorlab qo’ygan bo’lsa, ularni «Bank-Mijoz» tizimiga ko’chirishi yoki
ushbu ikki programmani bog’lashi mumkin, lekin bunda ushbu elektron hujjatlar
qattiq tekshiruvdan o’tkaziladi.
- Ko’pgina to’lov hujjatlarining modellari doimo saqlanib turadi va ularni
qaytadan kiritish shart emas. Masalan hujjatning nomeri, oluvchining rekvizitlari va
boshqalar.
- Mijoz tomonidan spravochnik yuritish. Bunda mijoz tez-tez qaytarilib
turadigan hujjatlarni spravochnikka kiritib qo’yadi va u kerak bo’lganda
spravochnikdan chaqirib oladi va ishlatishi mumkin.
- To’lov hujjatlarini mijoz tomonidan birma-bir imzolanishi mumkin, yoki
birdaniga hammasi filtr orqali yoki korrespondentsiya orqali imzolanadi.
- Jo’natilgan hujjatlarni
qaytarib olish imkoni, ya’ni agar mijoz elektron hujjatni
jo’natgan bo’lsa-yu, bank tomonidan ushbu hujjat bo’yicha hali to’lov amalga
oshirilmagan bo’lsa, hisob raqamida o’zgarishlar bo’lmagan bo’lsa, mijoz to’lovni
bekor qilishi mumkin.
- Elektron hujjatlarni printerdan chiqarib olish imkoni, ya’ni mijoz barcha
elektron hujjatlarni, ko’chirmalarni o’ziga qulay holda printerdan chiqarib olishi
mumkin va uni o’zida saqlab o’tirishi shart emas.
- tizimga ulangandan buyon amalga oshirilgan barcha axborotlar arxiviga, ya’ni
bank serverida axborotlar saqlash imkoni. Bunda mijoz o’zing kompyuteridagi disk
xotirasini saqlaydi, yana ushbu axborotlarni bilmasdan yoki ataylab o’chirilib
ketmasligi imkonini beradi.
- Berilgan rekvizitlari buyicha arxivdan kerakli hujjatlarni tezda topish imkoni,
ya’ni hisobraqamlar bo’yicha, korrespondentlar bo’yicha, valyuta turlari bo’yicha
topish imkoni.
- Axborotni filtrlash va sortirovka kilish. Bunda mijoz qidirish ma’lumotlari
kiritilsa bo’ldi topish tezlashadi.
Ushbu tizim mijoz uchun haqiqiy vaqt rejimida
quyidagilarni olish imkoni
beradi:
- Qzining barcha hisobraqamlaridagi qoldiqlar haqidagi ma’lumotlar;
- So’rov berilgan vaqtgacha bo’lgan barcha oborotlari haqidagi barcha
hisobraqamlaridan ekspress ko’chirmalar olish;
- Hamma hisobraqamlari bo’yicha bank operatsion kuni yopilgandan keyin
ko’chirma olish imkoni;
- Har qanday hisobraqamidan har qanday davr uchun ko’chirma olish imkoni;
- On-line rejimida turgan holda o’tkazgan to’lovlari, bankning moliyaviy holati
haqida aniq ma’lumot olish imkoni;
- Aniq On-line rejimida turgan holda 2-kartotekada turgan hujjatlar haqida
109
ma’lumot olish imkoni;
- Barcha ssuda va depozitlar bo’yicha hisoblangan foizlar haqida va ularni
to’lash vaqti to’g’risida ma’lumot;
- Ssuda bo’yicha hisoblangan qarzlari bo’yicha oxirgi ma’lumotlarni olish;
- O’zbekiston Respublikasi banklari to’g’risidagi spravochnikdan ma’lumot
olish;
- MB tomonidan belgilangan joriy va oldingi valyuta kurslari haqida ma’lumot.
Bundan tashqari «Bank-Mijoz» tizimi:
- kelajakda amalga oshirilishi kerak bo’lgan to’lovlarni ushlab
turish;
- ko’p qirrali elektron imzoni qabul qilish imkoni, ya’ni
operator-buxgalter-
direktor;
Tizim bank bilan pochta almashish imkonini beradi:
- bankka tekst holatidagi axborotni jo’natish yoki bankdan qabul qilib olish
imkoni;
- bankka ixtiyoriy holatdagi fayllarni jo’natish va qabul qilib olish;
- bankning e’lonlar doskasi bilan bog’lanib turish va u erdan axborotlar olish
imkoni.
Mijoz tizim bilan xohlagan vaqtida, xohlagan joyidan turib, mehmonxonadami,
uyidami, ishxonasidami yoki boshqa shaharda bo’lsa ham sistemaga ulangan
kompyuteri va modem orqali to’lovlarni amalga oshirishi mumkin. Ushbu tizim
ko’pchilik tomonidan birdaniga foydalansa bo’ladigan imkonga ega, ya’ni mijoz
tomonidan ham bank tomonidan ham. To’lov hujjatlarini bir erda to’ldirib
buxgalter
yoki direktor boshqa erdan turib imzolashi ham mumkin.
Ushbu tizim yuqori darajali himoyaga ega bo’lib, aloqa yo’llari orqali mijoz
tomonidan yoki bank tomonidan noqonuniy kirishlardan himoyalangan. Mijoz va
bank tomonidan kiritilgan axborotlar shifrlanadi va elektron imzo bilan tasdiqlanadi.