II.
NAZARIY QISM
MBBT haqida umumiy ma’lumot.
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora
ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu
ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi.
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni
yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda.
Ma’lumotlar bazasi – bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar
majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar
o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash
va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o’ynaydi. Sababi: jamiyat
taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni
olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni
tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan
muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.Ma’lumki, MB
tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda
foydalanish juda qiyin edi. Programma tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil
qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi
masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan
programmalardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Shuni qayd qilish lozimki,
MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: ma’lumotlarning turi
va ko’rinishi ularni qo’llaydigan programmalarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni
MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda,
programmalarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim;
MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma
tuzishga hojat qolmasin.Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun
va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan
farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot
deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri
hozirgi zamon kompyuterlaridir. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus
formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Kompyuter xotirasida har
bir fayl yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo’ladi. Yozuv-
o’zaro bog’langan ma’lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni
qaralayotgan ma’lumotning o’lchoviga bog’liq. Har bir yozuv esa maydon deb
ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning qisqa to’plamidan
iborat bo’lishi lozim. Har bir maydon, o’zi ifodalaydigan ma’lumotlariga ko’ra,
biror nomga ega bo’ladi.
MB tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud
MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan programmalar zarur
bo’ladi. Bunday programmalar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish
sistemalari (MBBS) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MBBS–bu ko’plab
foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni
kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan programmalar majmuidir.
MBBSning asosiy tarkibiy qismi–ma’lumotlar bo’lsa, boshqa tarkibiy qismi–
foydalanuvchilardir. Bulardan tashqari Hardware- texnik va Software-dasturiy
ta’minoti ham MBBSning samarali ishlashini ta’minlovchi tarkibiy qismlar
hisoblanadi. Hardware tashqi qo’shimcha qurilma iborat bo’lsa, programma qismi
esa MB bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi.
MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob’ektning ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi,
tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi.
Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:
foydalanuvchi-programma tuzuvchi;
sistemali programma tuzuvchi;
ma’lumotlar bazasi administratori.
Bunda
programma
tuzgan
foydalanuvchi
MBBS
uchun
yozgan
programmasiga javob beradi, sistemali programma tuzuvchi esa butun sistemaning
ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda MB administratori sistemaning
saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi.
MBBS quyidagicha tavsiflanadi:
Ispolnimost-Bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozirjavoblik bilan
muloqotga kirishish;
Minimalnaya povtoryaemost- Minimal takrorlanishlik, MBdagi ma’lumot
iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi;
Yaxlitlik –axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi
bog’liqlikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao;
Bezopasnost–Xavfsizlik, MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya
qilingan bo’lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina
ma’lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin;
Migratsiya–ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib
turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. SHuning uchun ma’lumotlar
tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p
ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasida har bir MB modeli quyidagi
xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi:
Ma’lumotlar tuzilmalarining turi;
Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar;
Butunlikning cheklanganligi.
Ma’lumotlar. Belgili shaklda ifodalangan ob’ekt yoki ob’ektlarning
muomalasi haqidagi axborotlar ma’lumotni tashkil qiladi.
Bu ma’lumotlar inson yoki qandaydir texnik qurilma tomonidan qabul
qilinishi va tegishli tarzda interpretatsiya qilinishi mumkin. Ma’lumotlarning
tavsifli xususiyati shu hisoblanadiki, ya’ni ularni bir belgili tizimdan boshqasiga
qayta kodlash axborotni yuqotmagan holda o‘tkazish mumkin. Belgili
ifodalanishning bunaqangi xususiyatining ahamiyati - mavjud predmetli holatning
qabul qiluvchiga yo‘naltirilgan, belgilarning har xil tizimlarida ifodalanish
imkonini beradi.
Ma’lumotlar bazasini qurishda insonga yo‘naltirilgan mantiqiy ifodalanish
haqida va uzoq muddatli xotira qurilmasiga yo‘naltirilgan jismoniy ifodalanish
haqida gapirish an’anaga aylangan.
2.1 rasmda predmet sohasining ma’lumotlar bazasida ifodalanishi bilan
bog‘liq asosiy tushunchalar keltirilgan.
2.1-rasm. Ma’lumotlar bazasida predmetli muhitning ifodalanishi
Ma’lumotlarning joylashuvi va xotira qurilmasida ularning o‘zaro aloqalari
haqida gapirishdan oldin, o‘zigan xos ma’lumotlar modelini yaratgan holda,
ma’lumotlar o‘zaro bog‘liqligini mantiqiy darajada keltirish lozim.Shunday qilib,
predmet sohasining barcha ob’ektlarida yozuv tarkiblari va ularning o‘zaro aloqasi
aniqlandi, ya’ni predmet sohasining ma’lumotlar modeli vazifalashtirildi.
Ma’lumotlar modelining asosiy vazifasi saqlash ahamiyatlari bilan bog‘liq,
chalg‘itadigan detallarsiz axborot kartinasini to‘liq namoyon etish imkonini
berishdan iborat. U ma’lumotlar bankida saqlanayotgan har qanday ma’lumotni
olish mexanizmini ishlab chiqishda yordam beradigan asbobdir.
MBni yaratishda predmet sohasini tahlil qilish
MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala yechiladi:
predmet sohasi ob’ektlarini qanday qilib ma’lumotlar modellarining abstrakt
obektlari shaklida ifodalash. Ayrim hollarda bu masalaga ma’lumotlar bazasini
mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi.
ma’lumotlar bazasiga so’rovlarning bajarilish effektivligini qanday
ta’minlash. Bu masalaga ma’lumotlar bazasini fizik loyihalash masalasi deyiladi.
Ixtiyoriy turdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichdagi predmet
sohasini tahlil qilish bo’lib, u axborot tuzilmasini (kontseptual sxemalar) tuzish
bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so’rovlari tahlil qilinadi,
axborot ob’ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o’tkazilgan tahlil
asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilishni uch
bosqichga bo’lish maqsadga muvofiqdir:
kontseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;
axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;
predmet sohasining kontseptual modelini qurish va MBni kontseptual
sxemasini loyihalashtirish.
Kontseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda quyidagi
masalalarni hal qilish kerak:
foydalanuvchilarning MBga bo’lgan talablarini tahlil qilish;
MBdan o’rin olishi lozim bo’lgan axborotlarga ishlov berish bo’yicha
mavjud masalalarini aniqlash;
kelajakda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlash;
tahlil natijalarini hujjatlashtirish.
Dostları ilə paylaş: |