100x10x0,3 mm o`lchamli, yon tomonida tish ko`rinishida qirqilgan,
slyudali plastinkadan (1) tayyorlangan karkasga bifillyar ravishda 2 m uzunlikdagi,
0,007 diametrli platina simi (2) o`ralgan. Platina o`ramlari uchiga ulash
korobkasidagi latun qishichlarga ulash uchun ikkita chiqish-kumush simlari (3)
kovsharlangan.
Slyudali plastinka o`ramlari bilan o`zidan kengroq bo`lgan slyudali
yopqichlar (4) bilan ikki tomondan izolyatsiyalanib umumiy paket ko`rinishida
kumush lenta (5) bilan bog`langan.
Bu sezgir element alyumin idishga-vkladishga (6), u esa, alyumindan
yasalgan trubasimon qobig`ga (7) tushiriladi. Kumush chiqish simlari forforli
busalar (8) bilan izolyatsiyalangan.
Sezgir elementli 7-qobig` po`lat ximoya idishiga joylanadi. Apparat va
trubalarda o`rnatish uchun po`lat ximoya idishiga shtutser kovsharlanadi. Po`lat
ximoya idishining tepa qismida tashqi ulash simlarini ulash uchun qishichlar
joylashtirilgan korobka mavjud
Mis qarshilik termometrlari qam ba`zi afzalliklarga ega: arzonligi, toza xolda
olishning onsonligi, qamda yuqori elektr qarshiligi temperatura koeffitsientiga
egaligi (4,26 10
-3
grad
-1
).
Kamchiligi – solishtirma qarshiligining kichikligi 0,017 om mm
2
/m va
yuqori temperaturada oson oksidlanishi.
SHuning uchun mis qarshilik termometrlarining ishlatilish diapazoni
cheklangandir (-50
0
C + 180
0
C).
–50+180
0
C intervalda mis qarshiligini temperaturadan t bog`liqligi quyidagi
tenglama
orqali ifodaladi
R
t
= R
0
(1+
t)
- elektr qarshiligi temperatura koeffitsienti (grad
-1
).
Platinali va misli standart qarshilik termometrlari (TSP i TSM) ishlab
chiqariladi. 0
0
C dagi bu termometrlar qarshiligi (R
0
) xar xil qiymatlarga ega va shu
sababli xar xil graduirovkali qarshilik termometrlari ishlab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: