v) standart uskunalar panelidagi "Otkrit" tugmasidan foydalangan holda xam
7-rasm. Hujjatni ochish oynasi.
Hujjatni chop etish
WORD muxarriri quyidagicha chop etish usullarini taklif etadi:
Hujjatning barcha qismini yoki ko‟rsatilgan betlarini chop etish;
jarayonni tezlashtirish maqsadida hujjatning grafiksiz qora nusxasini chop
etish;
chop etish amallarining parametrlarini belgilash, masalan: hujjatning
nusxalar sonini ko‟rsatish;
qo‟shimcha yozuv hosil qilish va uni chop etish;
hujjatning alohida abzatsini chop etish.
Chop etishdan oldin bajarilishi shart bo‟lmagan amal - bu hujjatni dastlabki
ko‟rib chiqishdir. Bu amal orqali ekranda bir yoki bir necha betni bir vaqtning
o‟zida ko‟rish mumkin. Maxsus tugma yordamida ko‟rib chiqishning
mashtabini o‟zgartirish, taxrirlash va formatlash xam mumkin. Hujjatni
dastlabki ko‟rib chiqish uchun quyidagilar bajariladi:
uskunalar panelidagi "Prosmotr pechati" tugmasini
bosish yoki "Fayl"
menyusidan "Prosmotr" buyruini tanlash.
“Prosmotr” uskunalar paneli yordamida quyidagi amallarni bajarish
mumkin:
- bir varaq tugmasi - ekranda hujjatning faqat bitta varag‟i xosil bo‟ladi;
- ikki yoki to‟rt varaq tugmasi - ekranda bir vaqtning o‟zida ikkita yoki
ikki juft varaqni ko‟rsatadi, nechta varaqni ko‟rsatish talab qilinsa, ekranda
hujjatning shuncha beti ko‟rsatiladi;
matn qismining kattalashtirilgan tasvirini ko‟rish uchun - aniqroq ko‟rish
lozim bo‟lgan joyga "Sichqoncha"ni joylab, uning chap tugmasini bosish
kerak;
Hujjatga o‟zgartirishlar kiritish (formatlash yoki taxrirlash) uchun lupa
tasvirli belgi
ustida "Sichqoncha"ning chap tugmasi bosiladi;
Hujjatni chop etish uchun - "Pechat" tugmasi bosiladi (
tugmasi);
ko‟rib chiqish rejimidan chiqish - "Zakrit" tugmasi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatni chop etish uchun dastlab printeringiz ishga tayyor ekanligiga ishonch
hosil qiling. Chop etish oldidan printerni tayyorlash quyidagicha bajariladi:
"Parametri" buyrug‟ini tanlanadi (Servis menyusi);
"Pechat" menyusi tanlanadi;
bir yoki bir nechta "Pechat" optsiyalarining parametrlarini o‟rnatiladi.
Bunda, printerda qora hujjatning varag‟ini chop etish mumkin (masalan,
bunda grafik va boshqa obyektlar qog‟ozga chiqmasligi mumkin).
Teskari tartib (v obratnom poryadke) - betlarni teskari chop etish mumkin
(masalan, 1dan 10 gacha emas, balki 10 dan 1 gacha);
Fonli chop etish (fonovaya pechat) - Hujjatni chop etish jarayonida WORD
bilan ishlashni davom ettirish imkonini beradi;
Chizilgan obyektlar (risovannie oboekti) grafik obyektlarni chop etadi.
Chop etish(8-rasm) jarayonining bir necha usuli mavjud. Chunonchi,
uskunalarning standart panelidagi chop etish tugmasi
bosilsa, hujjat bir
nusxada chop etiladi.
8-rasm. Hujjatni printerga jo‟natish oynasi.
Аgar boshqacha usulda chop etish lozim bo‟lsa, "Fayl" menyusidan "Pechat"
buyrug‟ini tanlab, keyin quyidagi amallar bajariladi:
kursor turgan betning o‟zini chop etish uchun betlar oralig‟i guruhida
bosmaga chiqarilishi lozim bo‟lgan bet (betlar oralig‟i, ajratilgan blok)ni
tanlanadi;
OKni bosiladi.