1-mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish 1



Yüklə 182,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix04.02.2022
ölçüsü182,53 Kb.
#52102
  1   2   3   4
1- мавзу



 

1-mavzu. 

Iqtisodiyotda 

innovatsion 

texnologiyalardan 

samarali 

foydalanish  

  

1. Innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish zaruriyati 

 

2.  Korxonalarda  innovatsion  texnologiyalar  salohiyatini  oshirishga  ta’sir 

etuvchi omillar 

 

3. Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari 

 

 

 

 

1.1.. Ishlab chiqarish texnologiyasi to‘g‘risida tushuncha. 

Texnologiya  -  bu  turli  vositalarga  ishlov  berish  va  qayta  ishlash  uslublari 

yigindisidir. 

Ishlab chiqarish jarayonlari tarkibiy qismi bo‘lmish qazib olish, qayta ishlash, 

tashish,  joylashtirish,  saqlash,  sotish  va  shu  kabi  operatsiyalarning  o‘zi  xam 

texnologiya deb aytiladi. 

Fan-texnika taraqqiyoti rivojlangan sayin texnologiya xam uzluksiz yangilanib 

boradi.  Zamonaviy  texnologiyalarning  rivojlanish  tendensiyasida  uch  asosiy 

yo‘nalish kuzatiladi: 

• davriy  texnologiyalardan  uzluksiz  potok  ishlab  chiqarish  jarayonlariga 

asoslangan texnologiyalarga o‘tish; 

• ishlab  chiqarish  tarkibiga  ekologik  toza  chiqindisiz  texnologiyalarni  joriy 

etish; 

• biznesda  ustuvor  bo‘lgan  fanga  ko‘proq  tayangan  texnologiyalarni 

rivojlantirish. Ishlab    chiqarish    jarayonida   texnologiyani    qo‘llashning    natijasi    

maxsulot 

Xisoblanadi.  Insonning  ishlab  chiqarish  faoliyati  oxirgi  maxsuli  bo‘lgan 

maxsulot talabga ega. Iste’molchi tomonidan foydalanish imkoniyatlariga bog‘liq 

ravishda maxsulotni uch turga ajratadilar: 

- moddiy (MM); 

- energetik (EM); 

- intellektual (IM). 

Intellektual  maxsulotga  dizayn,  konstruksiya,  savdo  markasi,  nou-xau 

tayyorlov usuli, ishlab chiqarish usuli kiradi. 

Texnologiyalarni  zamonaviylashtirish  va  ulardan  ijtimoiy  ishlab  chiqarishi 

amaliyotida foydalanish- xar bir aloxida korxona ilmiy texnikaviy jarayon-larining 

o‘zgarmas shartidir. 

Ishlab chiqarish texnologiyalari murakkab sistemalarga qarashli va ularni faqat 

sistemali yondashuv orqali o‘rganish mumkin. 



Murakkab sitemaning xarakterli belgilari: 

- jarayonlar modellarining murakkabligi

- boshqarish vazifalarining katta o‘lchovdaligi; 

- strukturaning ierarxiyaligi; 

- qismlarning agregatligi; 

- xolatlarning aniq emasligi

- "shovqin", tusiqlarga sezgirlik. 

Sistemali yondashishning moxiyati uni tashkil qilish metodikasida  yoritiladi, 

ya’ni sistemali tahlil ob’ektini ajratish (narsalar, holatlar, jarayonlar, strukturalar), 

ob’ektning  tashqi  va  ichki  muhitini  bo‘lish  chegaralarini  belgilash,  ob’ektning 

holatini  baholash  mezonlarini  aniqlash,  elementlar  klassifikatsiyasi  va  ularni 

agregatlashtirish usullarini ko‘rsatish. 

Sistemali  tahlil  mantiq  qoidalariga  va  sog‘lom  fikrlashga  asoslangan  bo‘lib, 

holatlarni  miqdoriy  baholash  uslublarini  qo‘llashga  va  turli  vositalar  bilan 

(imitatsiya,  matematik  ifodalash,  statistika,  programmalashtirish)  tahlil  ob’ekti 

reaksiyalarini modellashtirishga harakat qilishga qaratilgan. 

Ilg‘or  texnologiyalar  ilg‘or  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarga  ega  va  foydalilik 

mezoniga javob beradi. Boshqarish qarorlarini asoslab berish uchun tahlil jarayonini 

alohida  ob’ektga  nisbatan  ko‘rib  chiqishadi.  Bunda  asosan  quyidagilarga  etibor 

berish kerak: 

a) boshqarish ob’ekti strukturasini tug‘ri aks ettiradigan elementlarni topish; 

b)  tizimning tanlangan  strukturasida  boshqarish jarayonining  yakunlanganlik 

talablarini ta’minlash, ya’ni jarayon dastlabki axborotni beruvchidan boshqaruvchi 

ta’sirga kelishi va ob’ektning yangi xolatini baxolashi kerak. 

 

 



 


Yüklə 182,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin