Mo’minalar silsilasi. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
FOTIMAXON SULAYMON QORI QIZI
MO’MINALAR SILSILASI
MOVAROUNNAHR
TOSHKENT - 2004
MO’MINA AYOLLAR IBRATI
(Muharrir muqaddimasi)
Bismillahir rohmanir rohiym.
Islom dinida insonlarning insonlardan farqi, faqat Allohga itoati, doimiy toati, taqvosi
bilan belgilanadi. Alloh aytadi: "Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng
hurmatlirog‘ongiz taqvodorrog‘ingizdir" (Hujurot surasi, 13-oyat). Ayollarning
yaxshisi, e’tiborlisi esa erlariga itoatda bo‘luvchi mo‘mina ayollardir. Qur’oni karimda
marhamat etilgan: "Bas, ibodat-itoatli va (erlari) yo‘qlgida Allohning hifzu
himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar -