O’LCHOV VA TAROZU
Ey, farzand!
Tijoratda o‘lchov va tarozudan urib qoluvchilar haqida Qur’oni karim (Mutoffifun-1,2,3) da
shunday marhamat etiladi:
«Urib qolguvchilarning holiga voy bo‘lgay! Qachonki, ular birovlardan (biron narsani o‘lchab
olganlarida to‘la qilib oladilar, o‘zlari o‘lchab yoki tortib bersalar urib qoladilar».
Ey, farzand!
Birovning haqqiga ehtiyot bo‘l. Qarzdorlik xarf va dard ekanini bilgani holda beparvolik qilgan kishi
ertasini halokatga tashlangan bo‘ladi. Qarzdor bo‘lishdan saqlan. Bu haqda hazrat Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) shunday deganlar:
«Zimmasida birovning haqqi qarzi borligini bilgani holda to‘lamasdan, rozilik olmasdan o‘lganning
janoza namozi o‘qilmaydi. Toki vorislaridan bir kishi o‘sha qarzni zimmasiga olguniga qadar».
Qarzli kishining qarzi uzilmasdan jannatga kirolmaydi.
Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat etilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday xabar beradilar:
«Qarzli kishi to‘lamoq niyatida bo‘lsa, Alloh o‘sha qulining ishini oson qiladi».
Dostları ilə paylaş: |