«Dunyo sevgisi barcha xatolarning boshidir. Dunyoni zohidlardan boshqasi tark etolmaydi!». Yana
Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
2. Molni (mol-dunyoni) ko‘p sevasiz. Lekin mol - merosxo‘rlarnikidir.
3. Dunyoni ko‘p sevasiz. Holbuki,
qisqa bir umr surib, dunyoni tashlab ketasiz!»
Ey, farzand!
Sog‘liq ham, boylik ham Allohning sinovi. Zotan, dunyo — imtihon, sinov maydoni.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Hurayraga (r.a.) shunday dedilar:
«Ey, Abu Hurayra! Alloh taolodan boshqasiga umid bog‘lama. Unga tavakkal qil, Unga ishon,
Unga suyan. Ne muroding bo‘lsa Undan ista, Undan so‘ra. Senga keladigan bir zararni yeru ko‘k ahli
bir joyga to‘planib, o‘nglamoqqa kirishsalar ham o‘nglay olmas. Uning amri va iznisiz hech kim senga
zarar va yomonlik qila olmas».
Allohning iznisiz hech kim moddiy, ma’naviy homiylik qilolmaydi. Ya’ni Alloh iroda etmaguncha,
hech kim moddiy va ma’naviy jihatdan himoyasiga ololmaydi, hatto Payg‘ambarimizning (s.a.v.)
shafoati ham Allohning izniga tobe’dir.
Badandagi har vujud parchasining bir odobi bor.
Ko‘zning odobi — haromga qaramaslik.
Tilning odobi — haromni gapirmaslik.
Yolg‘on, g‘iybat behuda, bekorchi, befoyda, zararli so‘zlar haromga kiradi. Bu haqda ham
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) ulug‘ so‘zlari bor:
«Foydasiz so‘zlarni so‘zlamagan kishining imoni nurli bo‘ladi».
Bir hadisi shariflarida ham shunday deydilar: «Kishi uchun yolg‘on so‘zlashdan iflosroq narsa
yo‘q».
Quloqning odobi — haromni tinglamaslik. Eshitilganlardan yaxshi-yomonini ajratish,
yaxshi
bo‘lganini qabul qilib tinglash, yomonini tinglamaslikdir. Beixtiyor, tasodifan eshitgan so‘zlarga amal
qilmaslik lozim.
Oyoqning odobi — haromga yurmaslik. Harom bo‘lgan joylarga bormaslikdir.
Me’daning odobi — harom yemaslik.
Kim shu a’zolarini haromlardan saqlasa, Alloh taolo o‘sha qulining barcha gunohlarini afv etadi.
Aksincha harakat qilgan kimsa o‘z falokatini va halokatini o‘z qo‘li bilan hozirlagan bo‘ladi.
Ey, farzand!
Bu nasihatlarni tutsang, Alloh huzurida, payg‘ambarlar oldida, oxir zamon payg‘ambari Hazrati
Muhammad Mustafoning (s.a.v.) yonlarida, avliyolar va barcha insonlar orasida yuzing yorug‘, oq,
porloq va darajang yuksak bo‘ladi, Inshaalloh!
Dostları ilə paylaş: