Microsoft Word G`azna maruza


qilishning umumiy qoidalari



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/53
tarix16.02.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#52631
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
gaznachilik(2)

qilishning umumiy qoidalari 
 
Yuqondagi  bobda  ko`rib  o`tilganidek,  yuridik  majburiyat 
budjet  tashkiloti  bilan  kontragent  o`rtasida  maium  muddatdan 
so`ng  maium  bir  tovarni  yetkazib  berish  (ishlar  bajarish, 
xizmatlar  ko`rsatish)  to’g’risida  shartnoma  imzolanganidan  va 
bu  shartnoma  tegishli  tartib-da  g`aznachilikda  ro`yhatdan 
o`tkazilganidan keyin vujudga kelar ekan. 
Moliyaviy  majburiyat  esa  ana  shu  shartnomaga  muvofiq 
tovarlar  etkazib  berilganidan  (ishlar  bajarilganidan,  xizmatlar 
ko`rsatilganidan)  keyin  vujudga  keladi.  Budjet  Kodeksida 
belgilab  qo`yilishicha,  "moliyaviy  majburiyatlar  -  budjet 
tashkilotlarida  va  budjet  mablag`lari  oluvchilarda  ularga  pul 
mablag`larini  o`tkazish  majburiyatini  yuklovchi  hujjatlar,  shu 


 
 
jumladan, 
ijro 
hujjatlari 
asosida 
yuzaga 
keladigan 
majburiyatlar"
7
 hisoblanadi. 
Moliyaviy 
majburiyatlarni 
G'aznachilikda 
ro'yxatga 
olishdan  ko  'zlangan  asosiy  maqsad  -  qabul  qilingan  yuridik 
majburiyatlar,  tasdiqlangan  budjet  va  xarajatlar  smetasi 
ko`rsatkichlari 
doirasida 
xarajatlarni 
amalga 
oshirishni 
ta^minlash  hamda  budjet  tashkilotlarining  kreditor  qarzliklarini 
nazorat qilish. 
Moliyaviy  majburiyatning  yuzaga  kelishi  tegishli  hujjatlar 
bilan  tasdiqlanishini  talab  etadi.  Masalan,  tovarlar  yetkazib 
berilganligmi  tasdiqlovchi  hujjat  bo`lgan  schyot-fakturalar, 
ishlar 
bajarilganligi 
yoki 
xizmatlar 
ko`rsatilganligini 
tasdiqlovchi  qabul  qilib  olish-topshirish  dalolatnomalari,  ish 
haqi  qaydnomalari  (vedomostlar)  va  boshqa  shu  kabi  hujjatlar. 
Mazkur  hujjatlar  tegishli  vakolatga  ega  boigan  masiil  shaxslar 
tomonidan  imzolanishi  va  tashkilot  muhri  bilan  tasdiqlanishi 
shart. 
Amaldagi 
qonunchilik 
talablariga 
ko`ra, 
budjet 
tashkilotlari  oldindan,  kanruda,  15  foiz  to`lovni  amalga 
oshirishlari  talab  qilinadi,  bundan  O`zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilangan  hollar  mustasno. 
Ayrim  hollarda  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  budjetdan 
mablag` oluvchilarmng xarid qilishda 15 foizdanortiq miqdorda 
avans  to`lashi  lozim  bo`lgan  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)ning 
turlari  ro`yhati  tasdiqlanadi.  Masalan,  Vazirlar  Mahkamasining 
2011-yil,  24-avgustdagi  241  -son  qaroriga  muvofiq,  elektr 
energiyasi,  mazut,  ko`mir,  benzin,  dizel  yoqilg`i,  mineral 
o`g`itlar  shuningdek,  avia  va  temir  yo`l  chiptalari,  sanatoriylar, 
dam  olish  zonalari  va  bolalar  sogiomlashtirish  oromgohlariga 
yo`llanmalar,  barcha  turdagi  shahar  yoiovchi  transporti  yo`l 
                                                
7
 O`zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 3-modda. O'RQ-360-son. 
131
 


 
111 
kartochkalari kabilarni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda 
(30 foizdan 100 foizgacha) oldindan to`lov joriy etilgan
8

2007-sonli  "Davlat  budjeti  g’azna  ijrosi  qoidalari"ga 
muvofiq,  budjetdan  mablag`  oluvchilarning  ikkinchi  tomon 
oldidagi  moliyaviy  majburiyatlari  ularga  tovar  (ish,  xizmat)lar 
yetkazib  berilganligini  tasdiqlovchi  hujjatlar,  shu  jumladan,  ish 
haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni hisoblash vedomostlari 
asosida qabul qilinadi
9

Moliyaviy  majburiyatlar,  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan 
xarajatlar,  shuningdek,  sud  qarorlari  bo`yicha  to`lovlar, 
yig`imlar,  badallar,  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to`lovlardan 
tashqari,  oldin  tuzilgan  shartnomalar  va  yuridik  majburiyatlar 
qabul  qilinganligini  tasdiqlovchi  boshqa  hujjatlar  doirasida 
qabul qilinadi. 
I  va  II  guruh  xarajatlari  bo`yicha  moliyaviy  majburiyatlar 
ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  xarajatlar  to`lovi  uchun  naqd 
pul  mablag`larini  olishga  so`rovnoma,  shuningdek,  ushbu 
guruhlar 
xarajatlari 
bo`yicha 
to`lov 
topshiriqnomalari 
asosidaro`yhatga olinadi. 
G`aznachilik  bo`linmalari  g’azna  hisobvaraqlaridan  to`lov 
topshiriqnomalar  asosida  tashkilot  va  muassasalarni  saqlash, 
markaz-lashtirilgan  tadbirlarni  o`tkazish,  kapital  qo`yilmalar  va 
boshqa  maqsadlar  uchun  to`lovlarning  tasdiqlangan  xarajatlar 
smetasi  va  kapital  qo`yilmalar  limitlari  doirasida  amalga 
oshiradi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin